“Tatneft” Oʻzbekistonda ishlashni davom ettiradi
© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishZakladka proizvodstva rezino-modifitsirovannogo bituma kompanii "Tatneft" v Tatarstane

© Sputnik / Maksim Bogodvid
/ Kompaniya yangi voqelikni inobatga olib, oʻzining strategik va tezkor rejalariga tuzatish kiritadi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi joriy yilda Oʻzbekistonda ishlashni davom ettiradi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Nail Maganov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Injiniring kompetentsiyalarimiz, geologorazvedka, neft qazib olishdagi tajribamizga chet elda talab yuqori, va biz Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Shimoliy Afrikadagi xorijiy loyihalarimizni davom ettiramiz”, - dedi Maganov.
U kompaniya yangi voqelikni inobatga olib, oʻzining strategik va tezkor rejalariga tuzatish kiritishi, yangi yoʻnalishlar va oʻsish nuqtalarini izlashini qoʻshimcha qildi.
"Tatneft" OAJ oʻzbekistonlik hamkorlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya respublikada yoqilgʻi quyish tarmoqlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirmoqda va neft qazib olish va uni qayta ishlashda ishtirok etish niyatida.