Volontorlar elektron platformasi ishga tushiriladi

© REUTERS / Tyrone SiuVolonter derjit protivoepidemicheskie paketi, dostavlyaya ix jitelyam vo vremya pandemii koronavirusa v Gonkonge
Volonter derjit protivoepidemicheskie paketi, dostavlyaya ix jitelyam vo vremya pandemii koronavirusa v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar o‘z ta’lim muassasalarida o‘qishdan tashqari vaqtlarida volonterlik qilishlari mumkin. Diniy tashkilot xodimlari volontor bo‘la olmaydi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 1 iyundan boshlab O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontorlar elektron platformasi ishga tushiriladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 169 – sonli qarori qabul qilindi.
Volontorlar platformasida quyidagilar qayd etiladi:
Volontorlar guruhiga kiritilgan shaxslarni hisobga olish;
Volontorlarning tadbir, loyiha va aksiyalardagi ishtiroki va davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashgan davri;
Davlat organlarining volontorlar bilan ishlashiga oid metodik tavsiyalari;
Chet elda volontorlik faoliyati bilan shug‘ullanish.
Yoshlar ishlari agentligi ushbu platforma faoliyati va uning doimiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Davlat organlari rahbarlari volontorlar jalb etiladigan yo‘nalishlar ro‘yxati va ichki yo‘riqnomasini tasdiqlaydi. Ular davlat organlarida tashkil etilgan komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.
Volontorlik guruhlarning faol a’zolari davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida hamda qonunchilik hujjatlarida taqilanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirib boriladi.
Davlat organlarining yoshlar bilan ishlashga mas’ul rahbar o‘rinbosarlariga (maslahatchilariga) volontorlar bilan ishlash vakolati yuklatiladi.
Volontorlikka voyaga yetgan, o‘z sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega shaxslar davlat organlari faoliyatiga jalb etilishi mumkin.
Professional va OTM ta’lim olayotgan fuqarolar ushbu ta’lim muassasalarida o‘qishdan tashqari vaqtlarida volonterlik qilishlari mumkin.
Volontor sifatida jalb etilmaydigan fuqarolar:
Muomilaga layoqati belgilangan tartibda cheklangan yoki muomilaga layoqatsizlar;
Tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar;
Davlat organi xodimlari ( o‘zi ishlayotgan davlat organi faoliyatida);
Sudlanganlar;
Jinoiy jazoni o‘tayotganlar;
Harbiy xizmatdagilar;
Diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.
Yangiliklar lentasi
0