Iqtisod

Yekaterinburgda Oʻzbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtish14-y god festivalya Xoli Mela v Moskve
14-y god festivalya Xoli Mela v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqand viloyati va Sverdlovsk viloyati oʻrtasida qator sohalarda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida gazlamalar koʻrgazmasi va sotuviga ixtisoslashgan Oʻzbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Taklif Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Jamshid Oʻroqov boshchiligidagi delagatsiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori oʻrinbosari Vasiliy Kozlov bilan uchrashuvida bildirildi.
Uchrashuvda Rossiya tomoni Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining sifatiga yuqori baho bergan.
Oʻzbekistonlik tadbirkorlar mamlakatda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dastlab toʻgʻridan-toʻgʻri Sverdlovsk viloyatiga, soʻngra Uralning boshqa hududlariga yetkazish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga tayyor ekanligini maʼlum qilishgan.
Shuningdek, Samarqand viloyati va Sverdlovsk viloyati oʻrtasida taʼlim, tibbiyot va mehnat migratsiyasi sohalarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari ham muhokama qilindi.
Shu maqsaddagi aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun tomonlar joriy yil may oyida onlayn uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldilar.
Samara viloyati Oʻzbekistondan nima olib nima sotmoqda?
Avvalroq rossiyalik restoratorlar Oʻzbekistonning meva-sabzavotlari, gazmol va vinolariga katta qiziqish bildirayotgani va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyor ekanliklari xabar qilingan edi.
Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0