Jamiyat

EnergoWiki orqali gaz va elektr toʻlovini qanday amalga oshirish mumkin - qoʻllanma

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Energetika vazirligi kommunal xizmatlarga toʻlovlarni amalga oshirish uchun yangi mobil ilova yaratilganini maʼlum qildi. Maqaolamizda undan foydalanish qoʻllanmasi bilan tanishing.
TOSHKENT, apr – Sputnik. Gaz va elektr energiyasi uchun toʻlovlarni endi Energetika vazirligining yangi rasmiy mobil ilovasi orqali amalga oshirish mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ilovadan toʻgʻri foydalanish boʻyicha qoʻllanma:

1.
Android foydalanuvchilari ilovani "Google play" orqali yuklab olishlari mumkin, iOS dasturida ilovani yuklab olish imkoniyati keyinroq paydo boʻladi.
2.
Dastur telefonga oʻrnatilganidan soʻng foydalanish tilini tanlash mumkin: oʻzbekcha, ruscha yoki inglizcha;
3.
“Elektroenergiya” yoki “Gaz”- bandini bosib toʻlov xizmatini tanlash.
4.
“Elektroenergiya uchun toʻlov” yoki “Gaz uchun toʻlov”-boʻlimi tanlanadi (har biri yashil rangda belgilangan);
5.
Maʼlumotlarni kiritish: viloyat, tuman va shaxsiy hisob raqami
6.
6. Ekranda hisobning ayni paytdagi balans miqdori koʻrsatiladi. (bu ham yashil rangda koʻrsatilgan);
7.
“Hisoblagichning aniq maʼlumotlarini bilasizmi” savoliga “Yoʻq” yoki “Ha” javobini belgilash;
8.
Kerakli summa (500 soʻmdan 5 mln. soʻmgacha), karta raqami va muddatini kiritish;
9.
Kartaga biriktirilgan telefon raqamiga kelgan 6 ta belgili vaqtinchalik toʻlovni tasdiqlash uchun kiritish kerak.
10.
EnergoWiki sizni toʻlovning muvaffiqiyatli amalga oshganini maʼlum qiladi
Shuningdek, ilovada hisobning hozirgi holatidan xabardor boʻlib turish uchun shaxsiy kabinet mavjud. Dasturda kerakli maʼlumotlar uchun elektron ariza qoldirish yoki avariya haqida maʼlumot berish ham mumkin.
1/5
© Sputnik
EnergoWiki dasturi - Sputnik Oʻzbekiston
2/5
© Sputnik
EnergoWiki dasturi - Sputnik Oʻzbekiston
3/5
© Sputnik
EnergoWiki dasturi - Sputnik Oʻzbekiston
4/5
© Sputnik
EnergoWiki dasturi - Sputnik Oʻzbekiston
5/5
Yangiliklar lentasi
0