Jamiyat

Moskvada ochiladigan oʻzbek tili markazi nimalarni oʻrganadi?

© Sputnik / StringerUzbeksko-russkiy razgovornik
Uzbeksko-russkiy razgovornik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markazda MGLU bakalavr va magistrantlari oʻzbek tiliga oʻrgatiladi hamda Oʻzbekiston madaniyati bilan yaqindan tanishtiriladi
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Moskva davlat lingvistik universitetida 21 aprel kuni Oʻzbek tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bu haqda MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Moskvadagi oʻzbek tili va madaniyati markazi nima bilan shugʻullanadi? MGLU matbuot xizmatining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar berishicha, markazda talabalar oʻzbek xalqining tarixi va urf-odatlari bilan tanishadi.

“Markazda MGLU bakalavr va magistrantlari oʻzbek tiliga oʻrgatiladi hamda Oʻzbekiston madaniyati bilan yaqindan tanishtiriladi. Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripovlar hamda boshqa mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti namoyandalarining asarlarini oʻrganish boʻyicha qator tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan”,-deya xabar bermoqda matbuot xizmati.

Ushbu markaz Moskva davlat lingvistik universiteti (MGLU) va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) oʻrtasida imzolangan bitim doirasida isha tushadi. Ushbu bitim 1910 yilda imzolangan. Hozirgi kungacha MGLUning siyosatshunos-talabalari oʻzbek tilini ikkinchi chet tili sifatida oʻrganib kelmoqda.
2012 yilda ikki universitet bilan hamkorlikda “Uzbekskiy yazыk dlya stran SNG” (MDH mamlakatlari uchun oʻzbek tili) oʻquv qoʻllanmasi nashr etilgan etilgan.
Shuningdek, oʻtgan yili bahorda OʻzDJTUning besh nafar doktoranti MGLUda ilmiy stajirovka oʻtish haqida sertifikat oldi.
MGLU Oʻzbekistonning toʻrtta universiteti bilan samarali hamkorlik qilib keladi. Ular Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
Yangiliklar lentasi
0