Siyosat

Oʻzbekiston ECOSOC doirasida maxsus komissiya aʼzosi etib saylandi

© Sputnik / Roman Maxmutov / Fotobankka oʻtishZasedaniye Genassamblei OON
Zasedaniye Genassamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Komissiya BMTning umumiy tizimi doirasida fan va texnologiyalar boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar ishlab chiqishda muhim rol oʻynaydi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC)ning Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar masalalari boʻyicha komissiyasi aʼzosi etib saylandi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, komissiya aʼzolarining saylovida mamlakat umummaʼqullash yoʻli bilan 2023-2026 yillarda aʼzolikka saylangan.
Yangi saylangan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston 2023 yil 1 yanvardan boshlab Komissiya tarkibiga kiradi.
Oʻzbekistonning komissiya aʼzosi sifatida uning faoliyatiga faol jalb etilishi fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi eng muhim global tendentsiyalarni ishlab chiqish, rejalashtirish va prognozlash boʻyicha toʻplangan tajriba va ilgʻor uslublar bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini beradi.
Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining yordamchi organi hisoblanadi. Tuzilma 1992 yilda ushbu yoʻnalishdagi siyosatni takomillashtirish maqsadida Bosh Assambleya va ECOSOCga dolzarb ilmiy, texnik, innovatsion va muhandislik masalalari boʻyicha malakali maslahat yordamini koʻrsatish uchun tashkil etilgan. Komissiya BMTning umumiy tizimi doirasida fan va texnologiyalar boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar ishlab chiqishda muhim rol oʻynaydi.
Yangiliklar lentasi
0