https://oz.sputniknews-uz.com/20220414/ozbekiston-mintaqaviy-it-markaziga-aylanishi-kerak---shavkat-mirziyoev-23983957.html
Oʻzbekiston mintaqaviy IT markazga aylanishi kerak - Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston mintaqaviy IT markazga aylanishi kerak - Shavkat Mirziyoyev
Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga xorijdan 3 mingga yaqin IT mutaxassislar kelgan va ularning asosiy qismi uzoq muddat qolib ishlashni reja qilgan. 14.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-14T18:29+0500
2022-04-14T18:29+0500
2022-04-14T23:02+0500
jamiyat
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (akt)
shavkat mirziyoyev
sherzod shermatov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0e/23982438_0:19:1281:739_1920x0_80_0_0_4eca38e749dd5e1d6307c60a6f0be5ff.jpg
TOSHKENT, 14 apr - Sputnik. Prezident huzurida AKT va boshqa qator vazirliklar ishtirokida boʻlib oʻtayotgan majlisda - Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qoʻydi. Buning uchun:“Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish boʻyicha katta-katta maqsadlarni qoʻydik.Sohada yechimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali koʻp, deyilgan xabarda. Jumladan: - hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past - 72 %, olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Shuningdek, magistral avtomobil yoʻllarning atigi 38 % mobil internet bilan qamrab olingan. Umuman, hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda, - dedi prezident. Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish boʻyicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Eng ogʻir holat Qoraqalpogʻiston, Andijon va Surxondaryoda.Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.Yil oxiriga qadar davlat xizmatidan onlayn foydalanuvchilar soni hozirgi 1,5 milliondan kamida 4 millionga yetkaziladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0e/23982438_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_2bf9040317e31ae79410acdb544674b9.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (akt), shavkat mirziyoyev, sherzod shermatov
Oʻzbekiston mintaqaviy IT markazga aylanishi kerak - Shavkat Mirziyoyev
18:29 14.04.2022 (yangilandi: 23:02 14.04.2022) Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga xorijdan 3 mingga yaqin IT mutaxassislar kelgan va ularning asosiy qismi uzoq muddat qolib ishlashni reja qilgan.
TOSHKENT, 14 apr - Sputnik. Prezident huzurida AKT va boshqa qator vazirliklar ishtirokida boʻlib oʻtayotgan majlisda - Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qoʻydi.
IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish;
ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga oʻsishini taʼminlash;
yil oxiriga qadar 6 ta hududda (Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Sirdaryo, Fargʻona, Namangan) ham IT-parklarni toʻliq ishga tushirish va malakali kadrlar taʼminlash;
qolgan hududlarda kamida 20 tadan kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan taʼminlash.
jahon IT bozoriga chiqqan kamida 30 ta yirik kompaniyalarni Oʻzbekistonda faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
“Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish boʻyicha katta-katta maqsadlarni qoʻydik.
Bir narsani aniq tushunish kerak. Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi”, dedi davlatimiz rahbari.
Sohada yechimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali koʻp, deyilgan xabarda.
Jumladan: - hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past - 72 %, olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Shuningdek, magistral avtomobil yoʻllarning atigi 38 % mobil internet bilan qamrab olingan.
Umuman, hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda, - dedi prezident.
Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish boʻyicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Eng ogʻir holat Qoraqalpogʻiston, Andijon va Surxondaryoda.
Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
Yil boshidan xorijdan 3 mingga yaqin IT mutaxassislar kelgan boʻlib, ularning asosiy qismi shu yerda uzoq muddat qolib ishlashni reja qilganligi taʼkidlandi.
Yil oxiriga qadar davlat xizmatidan onlayn foydalanuvchilar soni hozirgi 1,5 milliondan kamida 4 millionga yetkaziladi.