Siyosat

TIV: Oʻzbekiston Yamanda ikki oylik sulh va oʻt ochish toʻxtatilganini olqishlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yamandagi mojarolar 2014 yildan beri davom etmoqda. Ikki oylik sulh haqidagi kelishuv 1 aprel kuni imzolangan.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va oʻt ochishni toʻxtatish eʼlon qilinganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.
“Harbiy harakatlarga vaqtinchalik moratoriy, shuningdek, ushbu mamlakatda qonuniylikni taʼminlash uchun koʻrsatilgan qatʼiyat Yamanda keng qamrovli tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish yoʻlida murosaga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblaymiz”, - deyilgan bayonotda.
Oʻzbekiston barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yoʻl bilan hal qilish uchun vazmin boʻlishga va siyosiy iroda koʻrsatishga chorlagan.
Yamanda 2014 yildan beri Saudiya Arabistoni boshchiligidagi hukumatparast koalitsiya va isyonchi hutiy guruhlari oʻrtasida qurolli ziddiyat davom etmoqda. Yamanda ikki oylik sulh haqidagi kelishuv 1 aprel kuni imzolangan.
BMTning 2021 yil noyabrdagi maʼlumotlariga koʻra, Yamandagi urush oqibatida 377 ming kishi halok boʻlgan, ularning 40 foizi bevosita jangovar harakatlar qurboniga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0