Dunyoda

Turkiya TIV rahbari Putin va Zelenskiyning uchrashish ehtimoliga baho berdi

© Sputnik / Aleksandr Щerbak / Fotobankka oʻtishVstrecha glav MID RF i Turtsii S. Lavrova i M. Chavushoglu
Vstrecha glav MID RF  i Turtsii S. Lavrova i M. Chavushoglu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Chavushoʻgʻli Turkiya tomoni Rossiya va Ukraina yetakchilarining uchrashuvini tashkil etish uchun saʼy-harakat qilayotganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushoʻgʻli Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi yaqin kunlarda boʻlib oʻtishini taxmin qildi.
“Men bu uchrashuv yaqin deb hisoblayman. Barchasi Putin roziligi va pozitsiyasiga bogʻliq. Umuman olganda Rossiya yetakchisi qarshi emas (uchrashishga)”, - dedi u NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Chavushoʻgʻli Turkiya tomoni ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvini tashkil etish uchun saʼy-harakat qilayotganini taʼkidladi.
Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov Kreml Rossiya prezidentining Zelenskiy bilan uchrashuvi imkoniyatini rad etmasligini maʼlum qilgan edi. Biroq bu uchrashuv boʻlib oʻtishi uchun hujjat matni kelishilgan boʻlishi zarur.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni choʻzish va ularning borishini barbod qilishga urinayotganini maʼlum qilgan edi. Kiyev Istanbuldagi uchrashuvda qayd etilgan takliflardan chetga chiqishga urinmoqda.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi navbatdagi muzokaralar 29 mart kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan edi. Unda tomonlar muzokaralarda oldinga siljish borligini qayd etishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0