Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi biologik laboratoriyalarning gʻarbiy kuratorlari maʼlum boʻldi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPreduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii.
Preduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina ilmiy texnik markazi 2014 yildan buyon Ukraina, Gruziya, Moldova va Ozarbayjonda Pentagon manfaati uchun 500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.
TOSHKENT, 14 apr - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainda hududida AQSH harbiy biologik dasturi manfaatlarini koʻzlab tadqiqot olib borgan, Ukraina ilmiy-texnologik markazi (UITM) amerikalik va yevropalik xodimlarining ismlaridan xabardor boʻldi, dedi Rossiyaning Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari (RKBQ) rahbari Igor Kirillov.
Kertis Belayach - AQSH fuqarosi, UITM ijrochi direktori. U 1968 yil 27 avgustda Kaliforniyada tugʻilgan, Kaliforniyaning Anderson universitetida tahsil olgan. Xalqaro moliya boʻyicha magistr darajasiga ega va 1994 yildan buyon Ukrainada ishlab kelmoqda.
Eddi Artur Mayer - UITMning Yevropa Ittifoqi tomonidan boshqaruv raisi.
Fil Dolliff - Amerika Qoʻshma Shtatlari nomidan UITMning boshqaruv raisi. Bir vaqtning oʻzida u AQSH Davlat Departamentida xalqaro xavfsizlik va Ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik dasturlari boʻyicha maslahatchi oʻrinbosari.
Rossiya Mudofaa vazirligi ixtiyorida boʻlgan hujjatlariga koʻra, Ukraina ilmiy-texnik markazi (UITM) "Black & Veatch" kompaniyasi orqali Pentagon bilan aloqada boʻlgan. Ushbu kompaniya Pentagonning asosiy taʼminlovchilardan biri hisoblanadi.
Moskva aytishiga koʻra, uning ixtiyorida "Black & Veatch" kompaniyasi vitse-prezidenti Metyu Uebberning yozishmalari bor. Ularda kompaniya Ukrainada harbiy biologik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha UITM bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi.
Ukraina ilmiy-texnologik markazi (UITM) 1993 yilda Ukraina, Kanada, AQSH va Shvetsiya hukumatlari ishtirokida hukumatlararo muassasa sifatida tashkil qilingan. Nizomiga muvofiq halqaro tashkilot boʻlgan va bir qarashda Pentagonga hech qanday aloqasi yoʻqdek koʻrinadi.
Aslida esa ushbu markaz, Pentagonni qiziqtiruvchi izlanishlar oʻtkazish boʻyicha grantlarni taqsimlash bilan shugʻullangan, jumladan biologik qurollar boʻyicha ham, - deydi Rossiya Mudofaa vazirligining Kimyoviy va biologik xavflarni aniqlash boʻyicha ekspertlik markazi.
Xususan, UITM 2014 yildan buyon Ukraina, Gruziya, Moldova va Ozarbayjonda 500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan va AQShdan 350 million dollardan ortiq mablagʻ olgan.
Ushbu lyiha va izlanishlarning buyurtmachisi AQSH Davlat Departamenti va Pentagon boʻlgan. Moliyalashtirish esa AQShning Atrom muhitni himoya qilish agentligi, Qishloq xoʻjalik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Energetika vazirligi boʻlgan.
"Amerikalik kuratorlarni birinchi navbatda "ikki maqsadli" tadqiqotlar qiziqtirgan. Masalan, 6166-loyihasi - "Ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish tahdidlari taʼsirini modellashtirish, baholash va bashorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish", 9601-loyiha - "Murakkab materiallar tayyorlash boʻyicha Ukraina texnologiyalarini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berish", - dedi Kirillov.
Uning aniqlik kiritishicha, aksariyat tadqiqotlar biologik qurollarning potentsial agentlari va parranda grippi va Afrika choʻchqa isitmasi kabi iqtisodiy ahamiyatga ega infektsiyalar patogenlarini oʻrganishga bagʻishlangan.
R-364, 444 va 781 loyihalari - hasharotlar, yovvoyi qushlar va koʻrshapalaklar orqali xavfli infektsiyalar patogenlarining tarqalishini oʻrganishga qaratilgan. Ushbu loyihalar AQSH harbiy departamenti manfaatlarida moliyalashtirilgan.
Ukraina biolaboratoriyalari

Maʼlumot uchun, Pentagon Ukrainadagi harbiy biologik dasturi uchun $ 200 mln. dan ortiq mablagʻ sarflagan, xususan, vabo va kuydirgi patogenlari bilan shugʻullanadigan biologik laboratoriyalar ishiga yuz million dollardan ortiq mablagʻ sarfladi. Ular butun mamlakat hududida 30ta biologik laboratoriyalar qurgan.

Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan soʻng, biologik qurollar dasturi bilan bogʻliq barcha maʼlumolar, xavfli virus patogenlari yoʻq qilindi yoki Ukrainadan olib ketildi. Shunday boʻlsada Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu laboratoriyalar borasida koʻplab maʼlmuotlarni qoʻlga kiritdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0