Armaniston Rossiya gazi uchun to‘lovni rublga o‘tkazdi

© Sputnik / Aleksey SuxorukovMoneta nominalom 1 rubl i banknoti nominalom 2000 rubley.
Moneta nominalom 1 rubl i banknoti nominalom 2000 rubley. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilmasdan oldin ham YeOIIga a’zo davlatlar orasida o‘zaro savdoning 70% milliy valyutalarda olib borilar edi.
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Armaniston Rossiya gazi uchun rublda to‘lay boshladi, dedi RBK nashriga respublika iqtisodiyot vaziri Vagan Keroban.
"Biz milliy valyutalarga o‘tishimiz kerak. <...> Men bilishimcha, oxirgi bir necha to‘lovlar rublda bo‘lgan, ammo tegishli kurs bo‘yicha", - deb tushuntirdi vazir.
Uning aniqlik kiritishicha, narx dollarda tuzilgan, biroq to‘lov rublda. "Gazprom" rasmiy vakili Sergey Kupriyanov nashrga Armanistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha bir necha yilga tuzilgan shartnoma uni rublda to‘lash imkonini berishini tasdiqladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari birinchi departamenti direktori Mixail Yevdokimov YeOIIga a’zo mamlakatlarning dollardan voz kechish va milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tish istagi haqida gapirdi. Uning eslatishicha, Rossiya moliya-bank tizimiga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar joriy etilgunga qadar ham ittifoq doirasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalarning ulushi 70 foizdan oshgan edi.
Vladimir Putin Rossiyaga qarshi keng miqyosli iqtisodiy sanksiyalar joriy etilganidan va katta miqdordagi aktivlar muzlatilganidan so‘ng, 1-aprel kuni do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar iste’molchilari uchun Rossiya gazi uchun to‘lovning yangi tizimini joriy qildi.
Unga muvofiq, xaridorlar shartnomada ko‘rsatilgan valyutada "Gazprombank" dagi hisob raqamiga to‘lovni amalga oshirishlari kerak, keyin uni fond birjasida rublga aylantiradi. Yetkazib beruvchi bilan yakuniy hisob-kitob Rossiya valyutasida amalga oshiriladi.
Prezident yordamchisi Maksim Oreshkin biroz oldin tushuntirganidek, bunday sxema Rossiyaga o‘zini boshqa davlatlarning noqonuniy qarorlaridan himoya qilish uchun imkon beradi. Uning ta’kidlashicha, hozir Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush ketmoqda, bu esa ko‘plab xavflarni keltirib chiqaradi. Yevropaliklar, o‘z navbatida, pul to‘lamasdan gaz sotib olishni istaydi, ammo yakuniy to‘lovni rublga o‘tkazish ularga mablag‘larni muzlatib qo‘yishga imkon bermaydi, deya xulosa qildi rasmiy.
Yangiliklar lentasi
0