https://oz.sputniknews-uz.com/20220415/ozbektelekom-aj---transformatsiya-qilinadi-23994368.html
“Oʻzbektelekom” transformatsiya qilinadi - prezident
“Oʻzbektelekom” transformatsiya qilinadi - prezident
Oʻzbekiston axborot tizimlariga 2022 yilning birinchi choragida chet eldan 200 martadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan, dedi prezident. 15.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-15T10:22+0500
2022-04-15T10:22+0500
2022-04-15T10:26+0500
jamiyat
prezident
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (akt)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/542/72/5427297_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_fdd322d93d103a300e42a56028576891.jpg
TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. “Oʻzbektelekom” AJ transformatsiya qilinadi. Bu haqida Shavkat Mirziyov huzurida boʻlib oʻtgan AKT masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum boʻldi. Buning uchun, kompaniyaning operatsion xarajatlari va tannarxini 15 %, qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini taʼminlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yigʻilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga eʼtiborni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, 2022 yilning birinchi choragida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgani aytib oʻtildi. Yigʻilishda barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining xavfsizlik darajasini oʻrganishga koʻrsatma berildi. Axborot xavfsizligiga eʼtiborsiz boʻlayotgan rahbarlar masʼuliyati koʻrib boriladi. AKT sohasi ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish ustuvor vazifa boʻlishi kerakligi, bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish uchun kamida yana 12 ming nafar yuqori malakali mutaxassislarga talab borligi taʼkidlandi. AKT vazirligiga ikki oy muddatda Axborot texnologiyalari universitetini tayanch ilm-fan va taʼlim klasteriga aylantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/542/72/5427297_0:0:885:664_1920x0_80_0_0_ae2bdf590a1ffafd61b0b6f76ba8f16e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
prezident, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (akt)
“Oʻzbektelekom” transformatsiya qilinadi - prezident
10:22 15.04.2022 (yangilandi: 10:26 15.04.2022) Oʻzbekiston axborot tizimlariga 2022 yilning birinchi choragida chet eldan 200 martadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan, dedi prezident.
TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. “Oʻzbektelekom” AJ transformatsiya qilinadi. Bu haqida Shavkat Mirziyov huzurida boʻlib oʻtgan AKT masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum boʻldi.
“Oʻzbektelekom” AJ - jahonning nufuzli aloqa kompaniyalariga oʻxshab, davlatga yuqori daromad keltiruvchi, sifatli xizmatlarni eksport qiluvchi, yuqori texnologik, daromadli va namunali kompaniya boʻlishi kerak”, - dedi prezident.
Buning uchun, kompaniyaning operatsion xarajatlari va tannarxini 15 %, qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini taʼminlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yigʻilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga eʼtiborni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, 2022 yilning birinchi choragida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgani aytib oʻtildi.
“Shuning uchun bugun kiberxavfsizlik toʻgʻrisida Qonunni imzoladim. Bu yangi qonun hozirgi zamon tahdidlariga qarshi kurashish uchun huquqiy asos boʻladi”, -dedi Prezident.
Yigʻilishda barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining xavfsizlik darajasini oʻrganishga koʻrsatma berildi. Axborot xavfsizligiga eʼtiborsiz boʻlayotgan rahbarlar masʼuliyati koʻrib boriladi.
AKT sohasi ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish ustuvor vazifa boʻlishi kerakligi, bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish uchun kamida yana 12 ming nafar yuqori malakali mutaxassislarga talab borligi taʼkidlandi. AKT vazirligiga ikki oy muddatda Axborot texnologiyalari universitetini tayanch ilm-fan va taʼlim klasteriga aylantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.