Rossiya hududiga hujumlar davom etsa Kiyevga raketa zarbalari kuchaytiriladi
Rossiya hududiga hujumlar davom etsa Kiyevga raketa zarbalari kuchaytiriladi
Mudofaa vazirligi Rossiyaga hujumlar sodir etilgan taqdirda Kiyevdagi obʼyektlarga javob zarbalari berilishi haqida ogohlantirdi. 15.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-15T14:07+0500
2022-04-15T14:07+0500
2022-04-15T15:20+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiya Ukraina xavfsizlik kuchlarining provokatsiyalariga Kiyevdagi yangi nishonlarga raketa zarbalari bilan javob qaytaradi, dedi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov. Agentlikning qayd etishicha, bugun tunda "Kalibr" dengiz raketasi Ukraina poytaxti chekkasidagi “Julyanskiy vizar” mashinasozlik zavodiga zarba bergan. Zarba zenit-raketa komplekslarini ishlab chiqarish va taʼmirlash tsexlarini vayron qildi. Turli hududlarda jami 13 ta harbiy obʼyektga zarba berildi. Bundan tashqari, Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimi Chernigov yaqinida Mi-8 vertolyotini urib tushirdi, agentlik maʼlumotlariga koʻra, u 14 aprel kuni Bryansk viloyatining Klimovo qishlogʻida hujum uyushtirgan. Undan tashqari Xarkov viloyatining Lozovaya qishlogʻi yaqinida Su-27 qiruvchi samolyoti ham urib tushirilgan. Jami oʻtgan sutka davomida Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududlarida toʻrt marotaba oʻqqa tutilgan. Undan oldin Belgorodning Juravlevka va Spodaryushino qishloqlari Ukraina tomonidan oʻqqa tutildi. Gubernator Vyacheslav Gladkovning soʻzlariga koʻra, viloyatda jami 100ga yaqin aholi uylari shikastlangan, mahalliy aholi yengil jarohatlangan.
Mudofaa vazirligi Rossiyaga hujumlar sodir etilgan taqdirda Kiyevdagi obʼyektlarga javob zarbalari berilishi haqida ogohlantirdi.
TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiya Ukraina xavfsizlik kuchlarining provokatsiyalariga Kiyevdagi yangi nishonlarga raketa zarbalari bilan javob qaytaradi, dedi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
“Rossiya hududida terroristik xarakterdagi har qanday hujumlar yoki qoʻporuvchilik harakatlariga javoban Kiyevdagi nishonlarga berilgan raketa zarbalarining soni va koʻlami Kiyev millatchi rejimining ortadi”, — dedi u.
Agentlikning qayd etishicha, bugun tunda "Kalibr" dengiz raketasi Ukraina poytaxti chekkasidagi “Julyanskiy vizar” mashinasozlik zavodiga zarba bergan. Zarba zenit-raketa komplekslarini ishlab chiqarish va taʼmirlash tsexlarini vayron qildi.
Turli hududlarda jami 13 ta harbiy obʼyektga zarba berildi. Bundan tashqari, Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimi Chernigov yaqinida Mi-8 vertolyotini urib tushirdi, agentlik maʼlumotlariga koʻra, u 14 aprel kuni Bryansk viloyatining Klimovo qishlogʻida hujum uyushtirgan.
Undan tashqari Xarkov viloyatining Lozovaya qishlogʻi yaqinida Su-27 qiruvchi samolyoti ham urib tushirilgan.
Jami oʻtgan sutka davomida Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududlarida toʻrt marotaba oʻqqa tutilgan. Undan oldin Belgorodning Juravlevka va Spodaryushino qishloqlari Ukraina tomonidan oʻqqa tutildi. Gubernator Vyacheslav Gladkovning soʻzlariga koʻra, viloyatda jami 100ga yaqin aholi uylari shikastlangan, mahalliy aholi yengil jarohatlangan.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.