Madaniyat

“Sitorai Mohi Xossa”dagi restavratsiya ishlarini prokuratura oʻrganmoqda

© varandejKompleks "Sitorai Moxi xossa" v Buxare i pavlinы
Kompleks Sitorai Moxi xossa v Buxare i pavlinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sitorai Mohi Xossa tarixiy majmuasida restavratsiya ishlari notoʻgʻri olib borilishi natijasida saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yoʻqotgan.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Madaniy merosni himoya qilish inspektsiyasi hamda Madaniy meros agentligi “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondida hamda “Sitorai Mohi Xossa” tarixiy majmuasida restavratsiya ishlarini oʻrgandi.
Buxorodagi "Sitorai Mohi Xossa" tarixiy majmuasining restavratsiya ishlari holatini oʻrganish davomida taʼmirlash ishlari madaniy meros obʼyektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlandi.
“Taʼmirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qoʻpol ravishda buzilgan. Majmuada restavratsiya ishlari notoʻgʻri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yoʻqotgan”, deyiladi xabarda.
Agentlik tomonidan har ikki obida boʻyicha oʻrganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan “Sitorai Mohi Xossa” boʻyicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.
Undan tashqari, Xivadagi "Ichan-Qalʼa" davlat muzey-qoʻriqxonasida ayrim ashyolarning tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi.
“Ashyolarni muzey fondiga qabul qilish dalolatnomalarining 1994 yilgacha boʻlgan qismi muzeyning masʼul xodimlari tomonidan Ishchi guruhga taqdim etilmadi. Oʻrganish davomida noyob ashyolar roʻyxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan oʻtkazilganda jami 101 ta muzey ashyosi kirim kitobi tavsifnomalariga oʻlchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri boʻyicha mos kelmagan”, - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 110-sonli qarori bilan bu yil madaniy meros obʼyektlari infratuzilmasini rivojlantirishga 117,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0