Jamiyat

Vaktsinatsiyaning bir yilligi natijalari

© Press-slujba Minzdrava RUzDostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001
Dostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi vaktsinatsiya jarayonlari boshlanganiga bir yildan oshdi. Oʻtgan davr mobaynida salkam 50 mln. doza vaktsina qoʻllanildi.
TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni bundan bir yil oldin aprel oyida boshlangan edi. Oʻtgan davr mobaynida koronavirus vahimasi deyarli unutildi.
Koronavirusga qarshi vaktsinalar dunyo boʻyicha taqchil boʻlgan va ishlab chiqaruvchi davlatlarning oʻzidan ortmayotgan bir sharoitda Oʻzbekistonda emlash jarayonlari yoʻlga qoʻyilishi katta ahamiyatga ega voqea boʻldi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Oʻtgan bir yil davomida Oʻzbekistonga olib kelingan va ishlab chiqarilgan vaktsinalar miqdori 63 578 553 dozaga yetdi. Ulardan 42,2 mln. dozasi chet davlatlardan olib kelindi va 21,4 mln. dozasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarildi.
Oʻtgan bir yil davomida deyarli 50 million doza vaktsina emlash jarayonlarida qoʻllanildi:
2 443 760 doza AstraZeneca,
36 489 207 doza ZF-UZ-VAC2001,
1 339 649 doza Sputnik V,
4 598 185 doza Moderna,
2 784 717 doza Pfizer/BioNTech,
1 849 818 doza Sinovac,
286 072 doza Sputnik Light.
Oʻtgan fursat mobaynida Oʻzbekiston aholisining 16 210 400 nafari koronavirusga qarshi toʻliq emlandi. Ayni paytda oʻrta hisobda kuniga 100 ming dozadan ortiq vaktsina emlash uchun sarflanmoqda.
Undan tashqari, Oʻzbekistonda 2021 yil 28 sentyabrdan boshlab 12-18 yoshli bolalarni ixtiyoriy tarzda emlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, birinchi doza bilan emlangan bolalar soni 670 420 nafarni tashkil etgan.
Aytish joizki, Oʻzbekistonga yetarli miqdorda vaktsina olib kelishda COVAX dasturining ham ahamiyati beqiyos boʻldi, chunki Oʻzbekistonga olib kelingan vaktsinalarning ilk partiyasi ham eng katta miqdori ham - shu dastur doirasida amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0