Jamiyat

Goʻsht, shakar, yogʻ qanchadan sotilyapti? Bozorlardagi narxlar

Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davstatqoʻm hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazdi.
TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.
13 mart holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
suyakli mol goʻshti (1 kg) - 45 000 – 72 000 soʻm;
qoʻy goʻshti (1 kg) - 55 000 – 85 000 soʻm;
kartoshka (1 kg) - 2 500 – 8 000 soʻm;
piyoz (1 kg) - 2 000 – 6 000 soʻm;
sabzi (1 kg) - 1 000 – 6 000 soʻm;
tuxum (10 dona) - 7 000 – 14 000 soʻm;
guruch (1 kg) - 4 500 – 20 000 soʻm;
oʻsimlik yogʻi (1 l) - 14 000 – 26 000 soʻm;
shakar (1 kg) - 8 600 – 14 000 soʻm.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Yangiliklar lentasi
0