Jamiyat

Oʻzbekistonliklar “Oʻlmas polk”da onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin

© Sputnik"Bessmertnыy polk" v Tashkente
Bessmertnыy polk v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Oʻlmas polk” aktsiyasida onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va boshqa davlatlar fuqarolari “Oʻlmas polk” aktsiyasida onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin. Hozir koʻngillilar jamoasi tuzilmoqda.
Rossiya Davlat Dumasi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoat va diniy birlashmalar masalalari qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Olga Zankoning aytishicha, ayrim davlatlarda “Oʻlmas polk”ni oʻtkazish taqiqlanishi mumkin. Oxirgilardan Latviya – u yerda Gʻalaba kunini nishonlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi.
"Agar, masalan, mamlakatingizda "Oʻlmas polk" taqiqlangan boʻlsa, siz yaqin qahramoningizning suratini va u haqda maʼlumot yuborishingiz mumkin. Koʻngillilarimiz uning suratini "Oʻlmas polk"da olib yurishga yordam beradi”, - dedi u.
Hozirda Qatar, Livan, Serbiya va boshqa davlatlarda koʻngillilar tayyorlanmoqda.
Rossiyada bu yilda yurish anʼanaviy formatda oʻtkaziladi. Soʻnggi 2 yil ichida "Oʻlmas polk" marshi koronavirus pandemiyasi tufayli oʻtkazilmadi. Aktsiya faqat onlayn formatda oʻtkazildi.
Yangiliklar lentasi
0