Putin qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim
Pramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna bo‘lish
Putinning 2021-yildagi daromadi 10,202 million rublni tashkil qildi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021-yilda 10,2 million rubl miqdoridagi daromadni deklaratsiya qildi, bu o‘tgan yilgidan deyarli 200 ming rublga ko‘p. Tegishli hujjat Kreml saytida e’lon qilindi. RIA Novosti.
Avvalgidek, Putinning deklaratsiyasida shaxsiy egaligidagi ko‘chmas obyekt - 77 kv.m kvartira va garaj, foydalanishdagi yana bir ko‘chmas mulk - 153,7 kv.m kvartira, garaj 18 kv.m qayd etilgan. Ikkita avtomobil: GAZ M21 va “Niva”, shuningdek, “Skif” tirkama.
2020 yilda Putin 9,994 million rubl, 2019-yilda 9,726 million, 2018-yilda esa 8,648 million rubl ishlab topgan.
2017 yilda prezidentning daromadi 18,7 million rublni tashkil qilgan. O‘sishga 1,5 ming kvadrat metrlik yer uchastkasining sotilgani sabab bo‘lgan. 2015-2016 yillarda davlat rahbari 8,9 million rubl, 2014-yilda esa 7,654 million rubl daromad qildi.
Yangiliklar lentasi
0