Dunyoda

Serbiyada Rossiyani qoʻllab-quvvatlash mitingi oʻtkazildi

© Sputnik / Alexandar Djorovich / Mediabankka oʻtishUchastniki narodnogo mitinga v podderjku Rossii v Belgrade
Uchastniki narodnogo mitinga v podderjku Rossii v Belgrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Belgradda bir necha ming kishi Rossiyani qoʻllab-quvvatlash uchun miting oʻtkazdi.
Belgrad markazida Rossiyani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ommaviy mitingda bir necha ming kishi ishtirok etdi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
Aktsiyaga Serbiya Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidan chiqishi uchun ovoz bergani sabab boʻldi.
Mitingda namoyishchilar 20 metrli Rossiya bayrogʻini olib oʻtishdi, rus va serb qoʻshiqlar yangradi.
Namoyishchilar “Qrim – Rossiya, Kosovo – Serbiya, serblar va ruslar abadiy birodarlar” deb hayqirishdi.
Soʻzga chiqqanlar Serbiya rasmiylarini Rossiyaga qarshi qilayotgan Gʻarbni qoraladilar.
Prezident Vuchich Serbiya AQSH bosimi va shantajlari tufayli Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi aʼzoligi toʻxtatilishini qoʻllab-quvvatlaganini bildirgandi.
“Serbiya Yevropada Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritmagan yagona davlatdir”, deb eslatdi u.
Vuchichning soʻzlariga koʻra, ovoz berishning dastlabki qarori betaraf qolish boʻlgan edi. Ammo Belgradga juda katta bosim boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashidagi ishtirokini toʻxtatgandi. Rezolyutsiya uchun 93ta davlat ovoz berdi. Qarshi – 24. Betaraf – 58.
Boltiqboʻyi davlatlari, Moldova, Ukraina va Gruziya Rossiyaning BMT Inson huquqlari boʻyicha komissiyasidagi faoliyatini toʻxtatib turish uchun ovoz berdi.
Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston qarshi ovoz berdi.
Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston ovoz bermadi.
Qarshi ovoz berganlar orasida Xitoy, Eron, Suriya, Kuba, Venesuela, Vyetnam ham bor.
Yangiliklar lentasi
0