O‘zbekiston Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqini afg‘onlarga berishi mumkin

© Sputnik / StringerSituatsiya v gorodke Xayratan
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2022
Obuna bo‘lish
OAV: O‘zbekiston 10-may kuni Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘l boshqaruvini Afg‘onistonga topshiradi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Hayraton — Mozori-Sharif temir yo‘li boshqaruvi 10-maydan Afg‘oniston tomoniga o‘tadi. Bu haqda "Afg‘oniston temir yo‘llari" direktori Baxt ar-Rahmon Sharafat ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Afg‘oniston "Tolo News"ga tayanib.
Hozir bu temir yo‘lni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaradi. Biroq yangi shartnomaga ko‘ra, barcha temir yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish majburiyatlari, jumladan, daromadlarni yig‘ish, texnik xizmat va boshqarish “Afg‘oniston temir yo‘llari”ga o‘tadi.
O‘zbekiston kompaniyasi "Hayraton — Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasini boshqarish bo‘yicha shartnomaga ko‘ra yiliga 18 mln dollar olib kelayotgan edi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati sho‘ba korxonasi "So‘g‘diyona Trans" 2011-yil dekabrida Afg‘onistondagi "Hayraton — Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasini boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi 2010-yil noyabr oyida 129 mln dollarlik 75 km uzunlikdagi liniya qurilishini yakunladi.
Afg‘oniston importining qariyb yarmi, shuningdek, gumanitar yuklarning salmoqli qismi Hayraton porti orqali o‘tadi. Bu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi yuk tashish hajmini sezilarli darajada oshirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0