Jamiyat

Toshkent va Bishkek oʻrtasidagi avtobus qatnovlari qayta tiklandi

© Foto: tashtrans.uzAvtobus Tashkent-Bishkek
Avtobus Tashkent-Bishkek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan joʻnaydi. Reyslar har kuni ikki marta amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. 2022 yil 15 apreldan boshlab Toshkentdan Bishkekka xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi, deb xabar beradi "Tashtrans.uz".
Yoʻnalishlar jadvali "Toshkent" avtovokzalining saytida keltirilgan. Reyslar har kuni ikki marta amalga oshiriladi — soat 18:00 va 19:00 da.
Toshkent — Bishkek yoʻnalishining uzunligi 601 km, yoʻlga ketadigan vaqt 12 soat 40 daqiqani tashkil etadi.
Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan (Olmazor metro bekati) joʻnaydi. Chipta narxi 250 ming soʻm, uni avtovokzal kassalaridan xarid qilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent—Bishkek xalqaro avtobus reysi 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab toʻxtatilgan edi.

Mavzuga oid:

Oʻzbekiston va Qozogʻiston 12 apreldan avtobus qatnovini yoʻlga qoʻymoqda: jadval va narxlar
Qoʻqon va Xoʻjandni avtobus qatnovi bogʻladi
Toshkent – Xoʻjand xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi
Yangiliklar lentasi
0