Iqtisod

Yirik dvigatelli avtomobillar uchun bojxona boji pasaytirildi

CC0 / Unsplash / Zakaria Zayane / Fara avtomobilya. Illyustrativnoye foto
Fara avtomobilya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ishlab chiqarilganiga 1 yil toʻlmagan, dvigatel sigʻimi esa 3000 sm3 dan katta boʻlgan avtomobillar importi uchun bojxona boji 30 foizdan 15 foizga pasaytirildi.
TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekistonga dvigatel sigʻimi 3 litrdan ortiq boʻlgan hamda gibrid avtomobillarni olib kirish arzonlashadi. Bu prezident 15 aprel kuni imzolagan qarorda koʻzda tutilgan.
Qaror bilan dvigatel sigʻimi 3000 sm³ dan katta boʻlgan avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda pasaytirilmoqda.
15 apreldan 31 dekabrgacha boʻlgan muddatda boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi; avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qoʻshimcha koeffitsiyentlar ham ikki barobar (3 dollardan 1,5 dollarga) kamaytirildi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, avtomobil dvigateli quvvatiga bogʻlangan qoʻshimcha koeffitsiyentlar yana bir bor pasaytiriladi (1,5 dollardan 1,25 dollarga), 15 foizlik asosiy boj stavkasi esa oʻzgarishsiz qoladi.
Yangi tartib ishlab chiqarilgan sanasidan Oʻzbekiston bojxona chegarasini kesib oʻtgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt oʻtmagan avtotransport vositalariga taalluqli.
Bundan tashqari, gibrid avtomobillar (ham ichki yonuv dvigateli, ham elektr dvigateliga ega avtomobillar) uchun birinchi marta bojxona stavkalari belgilandi.
Endilikda gibrid avtomobillarni import qilish uchun dvigatel turiga va ishlab chiqarilgan muddatiga qarab avtomobil narxining 15 foizidan 30 foizigacha boj toʻlash kerak boʻladi. Ilgari bu turdagi avtomobillar uchun ham dvigatel quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qoʻshimcha koeffitsiyentlar toʻlanar edi.
Hujjatning toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida avtomobillar importi uchun boj toʻlovlarini ikki bosqichda ikki baravar kamaytirish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan edi. Biroq bu faqat dvigatel ish hajmi 3000 kub santimetrgacha boʻlgan transport vositalariga tegishli edi. Boj toʻlovlarining kamayishi bojxona rasmiylashtiruvi narxini 30-40 foizga arzonlashtirishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0