Harbiy chang‘ichilar musobaqasida O‘zbekiston jamoasi sovrinli o‘rin egalladi

© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na Sayanskom marshe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
“ArMI-2022”: xalqaro “Sayan yurishi” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar bu yil ham kuchli uchlikdan o‘rin oldi.
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida 17-aprel kuni Rossiyada xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi bo‘lib o‘tgan “Sayan yurishi” musobaqada munosib ishtirok etib kelgan harbiylar tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na Sayanskom marshe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Bir necha kun davomida Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Rossiya ayollar jamoasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlaridan, jami 9 ta jamoalar o‘z davlati sha’nini munosib himoya qilishdi.
© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na Sayanskom marshe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Musobaqa nizomiga ko‘ra jamoalar harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ hududlarida 50 kilometrlik marshrutni bosib o‘tib, 12 ta shart bo‘yicha ko‘rsatilgan meyorlarni mahorat bilan bajarishdi. Harbiylardan jangovar va jismoniy tayyorlarlik, mutaxassis sifatida mahoratni ko‘rsatish talab etildi.
Umumiy natijalarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi ikkinchi, yurtimiz harbiy xizmatchilari esa uchinchi o‘rinni egallashdi.
G‘olib va sovrindorlarga medal hamda xalqaro armiya o‘yinlarining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur musobaqada O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor ishtirok etib, o‘tgan yilgi natijani saqlab qolishdi.
© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na Sayanskom marshe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
Yangiliklar lentasi
0