Iqtisod

May oxirida Toshkentda bank forumi boʻlib oʻtadi

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xalqaro PLAS-forum mingdan ziyod bank va chakana savdo vakillarini birlashtiradi. Uning maqsadi onlayn va oflayn chakana savdoni rivojlantirish.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkentda 25-26 may kunlari "Banklar va chakana savdo Raqamli transformatsiya va oʻzaro hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro PLAS-forumi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Tadbirning strategik maqsadi – bank-moliya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikka qoʻshimcha turtki berish, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yangi, jumladan, xalqaro istiqbolli loyihalarni joriy etishdan iborat. Forum onlayn va oflayn chakana savdoni rivojlantirishga, uni yanada transformatsiya qilishga yordam beradi.
Ushbu tadbir konferentsiya, koʻrgazma va davra suxbati formatida oʻtkaziladi va turli kompaniyalar (35%), savdo tarmoqlari va internet doʻkonlar (11 %), banklar (51 %), davlat tuzilmalari va notijorat tashkilotlar(3%)ni bir maydonga birlashtiradi.
Forumda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Italiya kabi davlatlardan 1000dan ziyod ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
PLAS-Forum bu - ️bank va chakana savdo oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning dolzarb masalalari, ️oʻz tajribalarini baham koʻrishga tayyor boʻlgan soha mutaxassislar va ️innovatsiyalar koʻrgazmasida oʻzining noyob mahsulotlarini namoyish etuvchi yetakchi kompaniyalar uchrashuvidir, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0