Moskvadagi G‘alaba paradida 11 ming harbiy qatnashadi

© Sputnik / Yuliya ZiranovaVoyenniy parad v chest Pobedi
Voyenniy parad v chest Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
G‘alabaning 77-yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik ko‘rish bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Moskva viloyatidagi Alabino poligonida Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 77-yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik ko‘rish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qizil maydondagi paradga tayyorgarlik ko‘rishda jami 11 ming harbiy xizmatchi, 131 ta zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika, 77 ta samolyot va vertolot jalb qilingan”, - deyilgan xabarda.
Maydon bo‘ylab “Tayfun”, “Kurganes-25” jangovar mashinalari, T-72BZM, T-90M "Proriv" va T-14 "Armata” tanklari, “Iskander” raketa majmualari, Tor-M2", "Buk-MZ" va S-400 "Triumf" kabi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0