https://oz.sputniknews-uz.com/20220418/ozbekistonlik-dirijyor-boshchigidagi-orkestr-parijda-rus-musiqasini-ijro-etdi-24049304.html
Oʻzbekistonlik dirijyor boshchigidagi orkestr Parijda rus musiqasini ijro etdi
Oʻzbekistonlik dirijyor boshchigidagi orkestr Parijda rus musiqasini ijro etdi
Orkestr P.Chaykovskiyning 4-simfoniyasi, N.Rimskiy–Korsakovning "Ispancha kaprichchio"sini ijro etdi. 18.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-18T16:22+0500
2022-04-18T16:22+0500
2022-04-18T16:22+0500
madaniyat
parij
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/12/24049193_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_bcf7b2ba04e25856edb7efb31b16c925.jpg
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Parijdagi Frantsiya radiosining Festivallar zalida (La Maison de la Radio) oʻzbekistonlik, Strasburg filarmoniya orkestri rahbari Aziz Shohakimovning Frantsiya Milliy orkestri ishtirokidagi kontserti namoyish etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.Taʼkidlanishicha, kontsert dasturini mingdan ziyod musiqa ixlosmandi tinglagan, shuningdek, u "France Musique" kanali orqali jonli tarzda efirga uzatilgan.Aziz Shohakimov V.Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tamomlagan. 13 yoshida u ilk bor Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri bilan Betxovenning beshinchi simfoniyasi va F.Listning fortepiano uchun birinchi kontsertiga, 14 yoshida esa Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida "Karmen" operasiga dirijyorlik qilgan.2001 yilda Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining dirijyor yordamchisi etib tayinlangan, 2006 yilda esa ushbu jamoaga rahbarlik qila boshlagan. Shuningdek, u Tekfen (Turkiya) filarmoniya orkestri musiqiy rahbari va Juzeppe Verdi nomidagi Milan (Italiya) simfonik orkestrining asosiy taklif etilgan dirijyori hisoblanadi. 2021 yildan boshlab Strasburg filarmoniya orkestrining musiqiy direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
parij
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/12/24049193_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_9b1d4fbf81451fea7866c2f8c72c6740.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
parij
Oʻzbekistonlik dirijyor boshchigidagi orkestr Parijda rus musiqasini ijro etdi
Orkestr P.Chaykovskiyning 4-simfoniyasi, N.Rimskiy–Korsakovning "Ispancha kaprichchio"sini ijro etdi.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Parijdagi Frantsiya radiosining Festivallar zalida (La Maison de la Radio) oʻzbekistonlik, Strasburg filarmoniya orkestri rahbari Aziz Shohakimovning Frantsiya Milliy orkestri ishtirokidagi kontserti namoyish etildi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar bermoqda. “Orkestr P.Chaykovskiyning 4-simfoniyasi, N.Rimskiy–Korsakovning "Ispancha kaprichchio"si va frantsuz kompozitori M.Ravelning fortepiano uchun kontsertini ijro etdi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, kontsert dasturini mingdan ziyod musiqa ixlosmandi tinglagan, shuningdek, u "France Musique" kanali orqali jonli tarzda efirga uzatilgan.
Aziz Shohakimov V.Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tamomlagan. 13 yoshida u ilk bor Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri bilan Betxovenning beshinchi simfoniyasi va F.Listning fortepiano uchun birinchi kontsertiga, 14 yoshida esa Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida "Karmen" operasiga dirijyorlik qilgan.
2001 yilda Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining dirijyor yordamchisi etib tayinlangan, 2006 yilda esa ushbu jamoaga rahbarlik qila boshlagan. Shuningdek, u Tekfen (Turkiya) filarmoniya orkestri musiqiy rahbari va Juzeppe Verdi nomidagi Milan (Italiya) simfonik orkestrining asosiy taklif etilgan dirijyori hisoblanadi. 2021 yildan boshlab Strasburg filarmoniya orkestrining musiqiy direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.