Tasviriy va amaliy san’at festivalining birinchi kunidan qanday tadbirlar o‘rin olgan

© Akademiya Xudojestv UzbekistanaSentralniy vistavochniy zal Akademii Xudojestv Uzbekistana
Sentralniy vistavochniy zal Akademii Xudojestv Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Festivalda butun respublika bo‘yicha 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, shuningdek Koreyadan tashrif buyurgan 20 dan oshiq talabalar ishtirok etadi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda "Tasviriy va amaliy san’at" xalqaro festivali boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston badiiiy akademiyasi xabar bermoqda.
Festivalining birinchi kunidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:
10:00 Kamoliddin Behzod haykali poyiga gul qo‘yish marosimi. (Manzil: Sharq miniatura san’ati muzeyi bog‘i)
11:00 Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ning tantanali ochilish marosimi (Markaziy ko‘rgazmalar zali)
11.45 Janubiy Koreyaning Kemon Universiteti o‘qituvchi va talabalarning badiiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi. (Markaziy ko‘rgazmalar zali)
12:00 Haykaltarosh Azamat Xatamovning shaxsiy ko‘rgazmasi (Manzil: Markaziy ko‘rgazmalar zali, 2-qavat)
12:30 “Vatan – mahalladan boshlanadi” ko‘rgazmasi. (Markaziy ko‘rgazmalar zali, 2-qavat)
13.00 “Keldi Bahor” ijodiy ishlar kurgazmasi. (Markaziy ko‘rgazmalar zalining bog‘ hududi)
14.00 ZXK “Nevskaya palitra” va Almasheva Liana bilan hamkorlikdagi – mahorat darslari (Markaziy ko‘rgazmalar zali)
17.00 “Mahalla bo‘ylab sayr” Xurshid Ziyoxonov (O‘zbekiston) va Parvin Gulov (Tojikiston) birgalikdagi xalqaro ko‘rgazmasi ochilishi. (Toshkent fotosuratlar uyi)
O‘zbekiston badiiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinovning so‘zlariga ko‘ra, festivalga butun respublika bo‘yicha 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jalb etiladi. Shuningdek, Koreyadan 20 dan oshiq talabalar ishtiroki kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 22-aprelga qadar davom etadi va unda Tojikiston, Polsha, Koreya va Rossiyadan tashrif buyurgan san’at ustalari asarlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0