Yog‘ingarchilik bo‘ladi: bir haftalik ob-havo prognozi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichKapli posle dojdya na vetke sosni
Kapli posle dojdya na vetke sosni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi va havo salqin bo‘ladi. Ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 25-30 daraja bo‘ladi - Uzgidromet.
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Oyning uchinchi haftasi 18-22 aprel kunldari qanday ob-havo bo‘lishi haqida O‘gidromet ma’lumoti.
Haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi va havo salqin bo‘ladi
Uzoq muddatli quruq ob-havodan so‘ng, bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog‘lik bilan nam havo massasi tarqala boshlaydi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 25-30° atrofida, yomg‘ir paytida 20-25° bo‘ladi.
18 va 19-aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
19-20 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga siklon ta’siri tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20-aprelda 28-23° ni tashkil etadi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin bo‘ladi, 22-aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28° gacha ko‘tariladi.
18-21 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

20-23 aprel uchun ob-havo prognozi
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,. Harorat 20-aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 21-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 22-23 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 21-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 22-23 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, Sirdaryo VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 21-aprelda kechasi 9-14°, kunduzi
21-26°, 22-23 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 21-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 22-23 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 aprleda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-21 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 22-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 23-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20-21 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20-aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22-23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 7-12°, 21-23 aprelda kechasi 4-9°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0