Hodisalar

Buxorodagi qurilish mollari tsexi yonib ketdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yongʻin natijasida tsexning 1500 kvadrat metr maydondagi tom qismi yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Buxoro shahridagi qurilish mollari tsexida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.
Shahardagi Sanoatchilar koʻchasida joylashgan qurilish mollari (har xil turdagi boʻyoq) tsexida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisidagi xabar 19 aprel kuni soat 01:50 da kelib tushgan. Shunga koʻra 11 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 01:54 da yetib borib, yongʻin soat 02:28 da qurshab olingan va soat 03:57 batamom oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida tsexning 1500 kvadrat metr maydondagi tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida tsexning 10 ming kvadrat metr maydon yongʻindan saqlab qolingan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB rahbariyati, IIB, prokuratura, SSB hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0