Sport

Buxorolik otaxonlar Toshkentga piyoda kelishdi

© Minsport UzbekistanIz Buxarы v Tashkent peshkom
Iz Buxarы v Tashkent peshkom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ikki otaxon yoshlarga oʻrnak boʻlish maqsadida Buxorodan Toshkentgacha 600 km masofani 18 kunda piyoda bosib oʻtdi.
TOSHKENT, 19 aprel — Sputnik. Buxoro viloyati Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi ikki nuroniy Ahmad va Gʻulom Xojiyevlar Toshkentga kelish uchun 600 km masofani piyoda bosib oʻtishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Otaxonlar 1 aprel kuni Buxoro viloyati Vobkent tumani markazida joylashgan minor oldidan yoʻlga chiqishdi va 18 aprel kuni belgilangan marrani ortda qoldirib, poytaxtga yetib kelishdi.
Ular “Xumo arena” majmuasida Toshkent shahar Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi. Otaxonlarning soʻzlariga koʻra, ular kelgusida yangidan-yangi marralarni zabt etishga harakat qilishadi.
© Minsport UzbekistanIz Buxarы v Tashkent peshkom
Iz Buxarы v Tashkent peshkom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Iz Buxarы v Tashkent peshkom
Xabarda yozilishicha, otaxonlar prezidentning PF-6099-sonli farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, qolaversa yoshlarga oʻrnak boʻlish maqsadida ushbu yoʻlni bosib oʻtishan.
Maʼlumot uchun, prezident imzolagan farmonda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton kabi sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 2021 yildan boshlab dasturlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan ajratilishi belgilab berilgan.
Yangiliklar lentasi
0