Jamiyat

Firibgarlar prezidentning soxta saytidan fuqarolarni chuv tushirishmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Internetda Oʻzbekistonda ishsiz aholiga 650 ming soʻm tarqatiladi degan mavmundagi yolgʻon xabarlar tarqalmoqda.
TOSHKENT, 19 aprel — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat nomidan “Oʻzbekistonda ishsiz aholi 650 ming soʻm miqdorida qoʻllab-quvvatlanishiga oid qaror qabul qilindi” degan mazmundagi xabar tarqalmoqda. Bu xabar prezidentning soxta saytida joylashtirilgan. Moliya vazirligi bu xabar yolgʻon ekanini maʼlum qildi.
Vazirlik tekshirilmagan va yolgʻon xabarlardan ehtiyot boʻlishni soʻragan.
“Barcha qiziqtirgan savollarga @MoliyaPress telegram manzili hamda 71 2391570 raqamlar orqali aniqlik kiritishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, soʻnggi paytlarda aholiga pul ajratilishi haqidagi yolgʻon xabarlar koʻpaygan va ayrimlar buning qurboni boʻlishmoqda. Mart oyi oʻrtalarida ham “bolalari bor har bir oilaga 650 ming soʻmdan byudjetdan pul ajratilishi” aytilgan feyk xabar tarqalgan edi. U ham prezidentning soxta sayti orqali tarqatilgan edi. Fuqarolardan bu kabi firibgarlardan ogoh boʻlishlari zarur. Chunki firibgarlar soxta saytga kiritilgan plastik karta maʼlumotlari orqali pullarni yechib olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0