Siyosat

Qashqadaryoda Koʻkdala tumani tashkil etildi va unga yangi hokim tayinlandi

© Foto: xokimiyat Kashkadarinskoy oblastiDjurayev Xurram
Djurayev Xurram  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Viloyatning Chiroqchi tumani ikkiga boʻlindi va yangi Koʻkdala tumani tashkil etildi.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Prezident qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumani tashkil etildi, deya xabar bermoqda OʻzA.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Xurram Joʻrayev tashkil etilgan Koʻkdala tumaniga hokim etib tayinlangan. Joʻrayev 2019 yilning noyabr oyidan Chiroqchi tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Nodir Erkayev Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. U Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
17 mart kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar Chiroqchi tumanining chegaralarini oʻzgartirish va Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishgan edi. Chiroqchi tumanida istiqomat qilayotgan 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari, yaʼni 32 ta mahallada yashayotgan qismini Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazish rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0