Jamiyat

Qaysi soha qonunlari birinchi navbatda antikorruptsion tekshiruvdan oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Panov / Fotobankka oʻtishSimvol pravosudiya
Simvol pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ijtimoiy himoya, moliya va bank, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid qonunchilik hujjatlari birinchi navbatda antikorruptsion ekspertizadan oʻtadi.
TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Oʻzbekistonda barcha qonun hujjatlari antikorruptsion tekshiruvdan oʻtadi, 2021 yilda birinchi navbatda aniqlangan holatlarga oid qonunlar. Bu haqida Adliya vazirligi AOKAda boʻlib oʻtgan mabuot anjumanida maʼlum qildi.

Amaldagi qonunlarni ekspertizadan oʻtkazish, birinchi navbatda, 2021 yilda aniqlangan korruptsiyaviy omillar asosida, ijtimoiy himoya, moliya va bank, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid 1860 ta qonunchilik hujjatlaridan boshlanadi.

Bu haqida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarorida aytib oʻtilgan.
Anjumanda maʼlum boʻlishicha, Adliya vazirligi tomonidan oʻtgan 2021 yil davomida Adliya vazirligi tomonidan 1820 ta normativ-huquqiy hujjat korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan va ularning 245 tasida(13%) korruptsion omillar aniqlanib, loyiha ishlab chiqaruvchisiga ularni bartaraf etish belgilangan.
Shu bilan birga oʻtgan 2021 yil davomida ishlab chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning 708tasi (39%) korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilmagan. Sabab – qonun ishlab chiqaruvchi tomonidan beliglangan tartibda cheklist toʻldirilmagani.
Shuningdek, 2022 yilning 1 choragida kiritilgan 584 ta loyihadan 163tasida (28%) korruptsiyaviy omillarni aniqlash boʻychia cheklist toʻldirilmagani, 74tasida – krruptsion omillar aniqlanib qayta ishlash uchun yuborilgan.
Aytish joizki, bugungi kunda Oʻzbekistonda nafaqat yangi qabul qilinayotgan qonunlar, balkim amaldagi qonunlar ham antikorruptsion tekshiruvdan oʻtishi belgilangan. Xususan, 2021 yilning 23 oktyabrida qabul qilingan PQ-5263 sonli prezident qaroriga asosan 2026 yilga qadar respublikada amal qilayotgan jami 21 mingdan ortiq normativ huquqiy hujjatlarni 2026 yilga qadar ekspertizadan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Qonun hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda, nafaqat adliya vazirligi va huquqshunoslar, balkim jamoatchilik vakillari, ilmiy tashkilotlar va mustaqil ekspertlar ham ishtirok etishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0