https://sputniknews-uz.com/20220419/qirq-yoshdan-oshganlarning-ovqatlanish-tartibi-qanday-bolishi-kerak-24057556.html
Qirq yoshdan oshganlarning ovqatlanish tartibi qanday boʻlishi kerak
Qirq yoshdan oshganlarning ovqatlanish tartibi qanday boʻlishi kerak
Parhezshunos 40 yoshdan oshgan insonlarga glikemik koʻrsatkichlarni nazorat qilib borishni tavsiya qildi. 19.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-19T06:12+0500
2022-04-19T06:12+0500
2022-04-19T06:12+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/12/24057525_0:187:2000:1312_1920x0_80_0_0_1abe4bd3501d0334f2a3aa00680b12d7.jpg
Salomatlik va faol hayot, shuningdek, uzoq umr koʻrish ovqatlanish tartibiga juda bogʻliq. Nutritsiolog, parhezshunos Natalya Kovalskaya RIA Novostiga katta yoshdagi odamlar uchun toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarini keltirdi.Ovqatlanish muvozanatda boʻlishi kerakMutaxassisning soʻzlariga koʻra, bunday yondashuv ovqatning ozuqaviy qiymatini koʻtaradi va shu bilan portsiyalar hajmini kamaytiradi.“Individual meʼyorlarga koʻra, nafaqat oqsillar, yogʻlar va uglevodlar, balki imkon boʻlsa, vitaminlar, mikroelementlar, kerakli yogʻli kislotalar va aminokislotalar ham muvozanatlashgan meʼyorda boʻlishi kerak”, - deydi Kovalskaya.Turfa xillik - shartParhezshunosning taʼkidlashicha, bunda mikroflora holati yaxshilanadi. Salat bargi, sabzavotlar, dukkaklilar, yongʻoq, rezavorlar, mevalar, fermentlangan mahsulotlar, yaʼni- tuzlangan karam, lavlagi, miso shoʻrvasi (yapon oshxonasiga xos), kimchi va kefir – mikroflora uchun eng kerakli mahsulotlar.“Haftaning har besh kunida tovuq goʻshti va grechka istemol qilish kerak emas- bu bir xillik foydasiz va zararlidir. Har bir mahsulotlar guruhidan turfa xil oziq-ovqatlar qilishni oʻrganing. Masalan, dukkaklilar- bu faqat loviya degani emas, balki mosh, yasmiq, sparja loviyasi, yashil loviya, noʻxat hamdir. Rezavorlar: qoragʻat, golubika, klyukva, brusnika, qora va qizil smorodina, chakanda, krijovnik, malina, qulupnay, maymunjon”,- deydi nutritsiolog.Salat koʻkatlari: aysberg, rukkola, romano,frisse, frillis, fenxel, pasternak, radichchio, keyl, mangold, ukrop, ismaloq, rayhon, petrushka va h.k.Koʻkatlar- K1 vitaminlarining noyob manbai.Ratsionga yalligʻlanishga qarshi xususiyatga ega mahsulotlarni kiritingParhezshunos 40 yoshdan oshgan insonlarga yalligʻlantiruvchi oziq-ovqatlarni kamroq isteʼmol qilishni maslahat berdi. Qovurilgan har qanday taom, goʻshtli yarimfabrikatlar (sosiska, kolbasa kabi), oq non, rafinadlangan undan tayyorlangan pishiriqlar, margarin va chipslar.Ushbu yalligʻlantiruvchi mahsulotlarni yuqorida keltirilgan oziq-ovqatlarga almashtirish lozim. Shuningdek, ziravorlarni ham unutmaslik kerak. Imbir, kurkuma, qalampir (agar qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, albatta). Shu bilan birga omega-3 toʻyingan yogʻlariga ega mahsulotlarni isteʼmol qilish zarur: yogʻli baliq, lyon yogʻi, lyon urugʻi, chia, zaytun yogʻi, avokado yogʻi kabi.DNK zararlanishi va mutatsiyalar paydo boʻlishi xavfini kamaytirishBu holatda tarkibida organik selen va polifenol boʻlgan mahsulotlar yordam beradi. Braziliya yongʻogʻi, keshyu, baliq, kurka goʻshti, malla guruch, dukkaklilar, qoʻziqorin, ismaloq, organizmga yetarlicha selen moddasini bersa, rezavorlar, pomidor, kakao, qora shokolad, qahva, choy, “karri”ziravorlari polifenollarga, yaʼni antioksidantlarga toʻyintiradi.Glikemik koʻrsatkichni nazorat qilib boringKovalskayaning aytishicha, katta yoshdagi odamlarning ovqatlanishi past glikemik koʻrsatkichda boʻlishi kerak. Yuqori glikemik xususiyatga ega asosiy mahsulot- shakar.“Hamma shakarning zararli ekanligini biladi. Ammo hamma ham shakarning miya qarishini tezlatishi va oʻsimtalar paydo boʻlishi uchun ozuqa ekanligini bilmaydi. Shakar biriktiruvchi toʻqimalar oqsilini zararlantiradi va bu bilan terini, tomirlarni, oʻpka, jigarni qaritadi. Kataraktaga olib keladi. Shakarga qoʻshib gazli ichimliklar, sharbatlar, pishiriqlar, desertlarni ham “qora roʻyxat”ga kiritish kerak. Shuningdek, rafinadlangan, tarkibida kraxmal boʻlgan non, kartoshka, makaron, oq guruch, yormalar isteʼmolini ham cheklash lozim”.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/12/24057525_0:0:2000:1500_1920x0_80_0_0_9f12420097a4fea1aad29c26ee26ff24.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Qirq yoshdan oshganlarning ovqatlanish tartibi qanday boʻlishi kerak
Parhezshunos 40 yoshdan oshgan insonlarga glikemik koʻrsatkichlarni nazorat qilib borishni tavsiya qildi.
Salomatlik va faol hayot, shuningdek, uzoq umr koʻrish ovqatlanish tartibiga juda bogʻliq. Nutritsiolog, parhezshunos Natalya Kovalskaya RIA Novostiga katta yoshdagi odamlar uchun toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarini keltirdi.
Ovqatlanish muvozanatda boʻlishi kerak
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, bunday yondashuv ovqatning ozuqaviy qiymatini koʻtaradi va shu bilan portsiyalar hajmini kamaytiradi.
“Individual meʼyorlarga koʻra, nafaqat oqsillar, yogʻlar va uglevodlar, balki imkon boʻlsa, vitaminlar, mikroelementlar, kerakli yogʻli kislotalar va aminokislotalar ham muvozanatlashgan meʼyorda boʻlishi kerak”, - deydi Kovalskaya.
Turfa xillik - shart
Parhezshunosning taʼkidlashicha, bunda mikroflora holati yaxshilanadi. Salat bargi, sabzavotlar, dukkaklilar, yongʻoq, rezavorlar, mevalar, fermentlangan mahsulotlar, yaʼni- tuzlangan karam, lavlagi, miso shoʻrvasi (yapon oshxonasiga xos), kimchi va kefir – mikroflora uchun eng kerakli mahsulotlar.
“Haftaning har besh kunida tovuq goʻshti va grechka istemol qilish kerak emas- bu bir xillik foydasiz va zararlidir. Har bir mahsulotlar guruhidan turfa xil oziq-ovqatlar qilishni oʻrganing. Masalan, dukkaklilar- bu faqat loviya degani emas, balki mosh, yasmiq, sparja loviyasi, yashil loviya, noʻxat hamdir. Rezavorlar: qoragʻat, golubika, klyukva, brusnika, qora va qizil smorodina, chakanda, krijovnik, malina, qulupnay, maymunjon”,- deydi nutritsiolog.
Salat koʻkatlari: aysberg, rukkola, romano,frisse, frillis, fenxel, pasternak, radichchio, keyl, mangold, ukrop, ismaloq, rayhon, petrushka va h.k.
Koʻkatlar- K1 vitaminlarining noyob manbai.
Ratsionga yalligʻlanishga qarshi xususiyatga ega mahsulotlarni kiriting
Parhezshunos 40 yoshdan oshgan insonlarga yalligʻlantiruvchi oziq-ovqatlarni kamroq isteʼmol qilishni maslahat berdi. Qovurilgan har qanday taom, goʻshtli yarimfabrikatlar (sosiska, kolbasa kabi), oq non, rafinadlangan undan tayyorlangan pishiriqlar, margarin va chipslar.
Ushbu yalligʻlantiruvchi mahsulotlarni yuqorida keltirilgan oziq-ovqatlarga almashtirish lozim. Shuningdek, ziravorlarni ham unutmaslik kerak. Imbir, kurkuma, qalampir (agar qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, albatta). Shu bilan birga omega-3 toʻyingan yogʻlariga ega mahsulotlarni isteʼmol qilish zarur: yogʻli baliq, lyon yogʻi, lyon urugʻi, chia, zaytun yogʻi, avokado yogʻi kabi.
DNK zararlanishi va mutatsiyalar paydo boʻlishi xavfini kamaytirish
Bu holatda tarkibida organik selen va polifenol boʻlgan mahsulotlar yordam beradi. Braziliya yongʻogʻi, keshyu, baliq, kurka goʻshti, malla guruch, dukkaklilar, qoʻziqorin, ismaloq, organizmga yetarlicha selen moddasini bersa, rezavorlar, pomidor, kakao, qora shokolad, qahva, choy, “karri”ziravorlari polifenollarga, yaʼni antioksidantlarga toʻyintiradi.
Glikemik koʻrsatkichni nazorat qilib boring
Kovalskayaning aytishicha, katta yoshdagi odamlarning ovqatlanishi past glikemik koʻrsatkichda boʻlishi kerak. Yuqori glikemik xususiyatga ega asosiy mahsulot- shakar.
“Hamma shakarning zararli ekanligini biladi. Ammo hamma ham shakarning miya qarishini tezlatishi va oʻsimtalar paydo boʻlishi uchun ozuqa ekanligini bilmaydi. Shakar biriktiruvchi toʻqimalar oqsilini zararlantiradi va bu bilan terini, tomirlarni, oʻpka, jigarni qaritadi. Kataraktaga olib keladi. Shakarga qoʻshib gazli ichimliklar, sharbatlar, pishiriqlar, desertlarni ham “qora roʻyxat”ga kiritish kerak. Shuningdek, rafinadlangan, tarkibida kraxmal boʻlgan non, kartoshka, makaron, oq guruch, yormalar isteʼmolini ham cheklash lozim”.