https://oz.sputniknews-uz.com/20220420/akt-vazirligi-yandekstaksiga-toshkent-it-parki-rezidenti-bolishni-taklif-qildi-24096260.html
AKT vazirligi "Yandeks.Taksi"ga Toshkent IT-parki rezidenti boʻlishni taklif qildi
AKT vazirligi "Yandeks.Taksi"ga Toshkent IT-parki rezidenti boʻlishni taklif qildi
AKT vazirligi va Yandeks taksi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini maʼlum qildi. 20.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-20T13:33+0500
2022-04-20T13:33+0500
2022-04-20T13:33+0500
iqtisod
taksi
axborot texnologiyalari (it)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1b/15873898_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_68aa41c718765e451a2f356006d9a186.jpg
TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati "Yandeks.Taksi"ga Toshkentdagi IT-parkning rezidenti boʻlishni taklif qildi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.Xabarda aytilishiga koʻra, AKT vaziri Sherzod Shermatov va "Yandeks.Taksi" kompaniyasining MDH davlatlari boʻyicha boshqaruvchi direktori Kirill Svintsov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Shermatov Oʻzbekistonda "Yandeks.Taksi" faoliyati kengayayotgani, boshqa viloyat markazlarida ham ushbu xizmat keng joriy etilayotganini qayd etdi. Tomonlar, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Eslatib oʻtamiz, "Yandeks.Taksi" Oʻzbekistonda 2018 yilning aprel oyidan boshlab ishlamoqda. Bugungi kunda kompaniya Toshkent shahrida va yana bir necha viloyat markazlarida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan. “Toshkent IT-parki” biroz oldin ishga tushgan boʻlib, u yerda xorijiy IT kompaniyalar va IT-mutaxassislarini roʻyxatdan oʻtkazish, ofis ochish, ishga yollash xizmatlari koʻrsatilmoqda. Maqsad - IT sohasiga xorijiy kompaniya va mutaxassislarni jalb qilish, ularning moslashish va ishga joylashishda yordam berish. IT-parki matbuot xizmati xabariga koʻra, yil boshidan buyon 3000 dan ortiq xorijlik ushbu dasturdan foydalangan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1b/15873898_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_89016535523dadaee5454f0de8a6d2a1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
taksi, axborot texnologiyalari (it)
AKT vazirligi "Yandeks.Taksi"ga Toshkent IT-parki rezidenti boʻlishni taklif qildi
AKT vazirligi va Yandeks taksi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati "Yandeks.Taksi"ga Toshkentdagi IT-parkning rezidenti boʻlishni taklif qildi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Xabarda aytilishiga koʻra, AKT vaziri Sherzod Shermatov va "Yandeks.Taksi" kompaniyasining MDH davlatlari boʻyicha boshqaruvchi direktori Kirill Svintsov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
"Bugungi kunda kompaniya Oʻzbekiston bozorida faollashib, fuqarolarga qulaylik yaratmoqda. AKT vaziri kompaniyaga IT-park rezidenti maqomini olish taklifini ilgari surdi", — deyiladi vazirlikning Telegram-kanaldagi xabarida.
Shermatov Oʻzbekistonda "Yandeks.Taksi" faoliyati kengayayotgani, boshqa viloyat markazlarida ham ushbu xizmat keng joriy etilayotganini qayd etdi.
Tomonlar, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Eslatib oʻtamiz, "Yandeks.Taksi" Oʻzbekistonda 2018 yilning aprel oyidan boshlab ishlamoqda. Bugungi kunda kompaniya Toshkent shahrida va yana bir necha viloyat markazlarida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan.
“Toshkent IT-parki” biroz oldin ishga tushgan boʻlib, u yerda xorijiy IT kompaniyalar va IT-mutaxassislarini roʻyxatdan oʻtkazish, ofis ochish, ishga yollash xizmatlari koʻrsatilmoqda. Maqsad - IT sohasiga xorijiy kompaniya va mutaxassislarni jalb qilish, ularning moslashish va ishga joylashishda yordam berish. IT-parki matbuot xizmati xabariga koʻra, yil boshidan buyon 3000 dan ortiq xorijlik ushbu dasturdan foydalangan.