https://sputniknews-uz.com/20220420/bolaning-boyi-osmay-qolsa-nima-qilish-kerak---shifokor-tavsiyasi-24094751.html
Bolaning boʻyi oʻsmay qolsa, nima qilish kerak - shifokor tavsiyasi
Bolaning boʻyi oʻsmay qolsa, nima qilish kerak - shifokor tavsiyasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi aholiga sogʻlom turmush tarzi olib borish, turli kasalliklarning oldini olish va oila aʼzolari sogʻligʻidan boxabar boʻlish toʻgʻrisida foydali... 20.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-20T12:52+0500
2022-04-20T12:52+0500
2022-04-20T12:52+0500
jamiyat
sogʻliq
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
foydali
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/13/20969736_0:106:2659:1602_1920x0_80_0_0_b81e3109c5a257da9d57e3ee08056159.jpg
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻladi? Bunday holatda qanday yoʻl tutish kerak? Ushbu savollarga tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob berdi. Boʻy oʻsishining ortda qolishi shu kabi tekshiruvlarda koʻrinadi. Masalan, bolaning pasport yoshi 10, suyak yoshi esa 3 yoshga mos keladi. Farqi: 7 yosh boʻlayapti.— Boʻyni oʻstirishda qoʻllaniladigan gormon terapiya muolajasi qanday tartibda amalga oshiriladi?— Zamonaviy tibbiyotda rentgen va gormonal tekshiruvlar orqali boʻy oʻstirishda tashxis aniq boʻlgach, gormon terapiya muolajasi qilinadi.Muolaja ikki usulda: uzluksiz va muddatli koʻrinishda boʻladi. Davolanish jarayonida bola oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazib turilib, oʻsish doiralari berkilib qolmayotgani nazorat qilinadi.Shuningdek, gormon preparatlarini oʻz vaqtida belgilangan tartibda qabul qilish ham asosiy shartlardan biri. Agar bilib-bilmay boʻy oʻstiruvchi gormondan foydalanilsa, nojoʻya taʼsiri kuzatilishi mumkin.Shu bois ham mutaxassis bilan bamaslahat kerakli muolaja olinishi lozim. Ikki yoki uch oyda toʻxtatib qoʻyilsa, hech qanday naf boʻlmaydi. Bu jarayonni ertaroq boshlagan maʼqul. Balogʻat yoshidan keyin boʻy oʻstirish muolajasi taʼsir qilmasligi tibbiyotda koʻp kuzatilgan.— Uy sharoitida bolalarning boʻyi normal oʻsishi uchun nima qilish kerak?Taomnoma oqsilga boy mahsulotlar, sut-qatiq, goʻsht, tuxum, koʻkatlar hamda dukkakli mahsulotlarga boy boʻlsa, boʻy bilan bogʻliq muammolar koʻp bezovta qilmaydi. Shuni unutmangki, har qanday kasallikning oldini olishning birinchi talabi bu sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir.Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/13/20969736_191:0:2468:1708_1920x0_80_0_0_8a92bdf8b6470ffddbf63452103b6702.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sogʻliq, sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv), foydali
Bolaning boʻyi oʻsmay qolsa, nima qilish kerak - shifokor tavsiyasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi aholiga sogʻlom turmush tarzi olib borish, turli kasalliklarning oldini olish va oila aʼzolari sogʻligʻidan boxabar boʻlish toʻgʻrisida foydali maʼlumotlar va shifokor maslahatlari berib borishda davom etmoqda.
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻladi? Bunday holatda qanday yoʻl tutish kerak?
Ushbu savollarga tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob berdi.
— Tibbiyotda har bir odam organizmining pasport yoshi va suyak yoshi degan tushuncha bor. Qoʻl kafti rentgen tekshiruvi oʻtkazilganida suyaklar soniga koʻra cuyak yoshi aniqlanadi. Meʼyorda pasport yoshi suyak yoshi bilan teng boʻlishi lozim. Suyak yoshi bir yilda bir marotaba nazorat kilinishi kerak. Oʻsish jarayoniga qarab oʻsish garmonini davom etirish yoki toʻxtatish tavsiya qilinadi.
Boʻy oʻsishining ortda qolishi shu kabi tekshiruvlarda koʻrinadi. Masalan, bolaning pasport yoshi 10, suyak yoshi esa 3 yoshga mos keladi. Farqi: 7 yosh boʻlayapti.
— Boʻyni oʻstirishda qoʻllaniladigan gormon terapiya muolajasi qanday tartibda amalga oshiriladi?
— Zamonaviy tibbiyotda rentgen va gormonal tekshiruvlar orqali boʻy oʻstirishda tashxis aniq boʻlgach, gormon terapiya muolajasi qilinadi.
Muolaja ikki usulda: uzluksiz va muddatli koʻrinishda boʻladi. Davolanish jarayonida bola oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazib turilib, oʻsish doiralari berkilib qolmayotgani nazorat qilinadi.
Shuningdek, gormon preparatlarini oʻz vaqtida belgilangan tartibda qabul qilish ham asosiy shartlardan biri. Agar bilib-bilmay boʻy oʻstiruvchi gormondan foydalanilsa, nojoʻya taʼsiri kuzatilishi mumkin.
Shu bois ham mutaxassis bilan bamaslahat kerakli muolaja olinishi lozim. Ikki yoki uch oyda toʻxtatib qoʻyilsa, hech qanday naf boʻlmaydi. Bu jarayonni ertaroq boshlagan maʼqul. Balogʻat yoshidan keyin boʻy oʻstirish muolajasi taʼsir qilmasligi tibbiyotda koʻp kuzatilgan.
— Uy sharoitida bolalarning boʻyi normal oʻsishi uchun nima qilish kerak?
— Ota-onalarga maslahatimiz shuki, farzandingizning boʻyi meʼyorida boʻlishi uchun sport mashqlariga eʼtibor qarating. Sakrash, turnikda osilish, voleybol, basketbol sport turlariga jalb qiling. Bola jismoniy faollik bilan band boʻlsa, unda ochlik hissi paydo boʻladi. Bu esa oʻsish gormoni koʻproq ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Taomnoma oqsilga boy mahsulotlar, sut-qatiq, goʻsht, tuxum, koʻkatlar hamda dukkakli mahsulotlarga boy boʻlsa, boʻy bilan bogʻliq muammolar koʻp bezovta qilmaydi. Shuni unutmangki, har qanday kasallikning oldini olishning birinchi talabi bu sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.