https://oz.sputniknews-uz.com/20220420/detoks-dasturlar-foydalimi---parhezshunos-javobi-24081224.html
Detoks dasturlar foydalimi - parhezshunos javobi
Detoks dasturlar foydalimi - parhezshunos javobi
Detoks shubhali amaliyot, chunki och qolish va ozuqaviy qoʻshimchalarni qabul qilish orqali organizmning aynan nimadan “tozalanish”i aniq emas - shifokor. 20.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-20T07:40+0500
2022-04-20T07:40+0500
2022-04-20T07:40+0500
bu qiziq
shifokor
foydali mahsulotlar
parhez
doktor maslahati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/05/15944752_0:151:3059:1872_1920x0_80_0_0_6cdd5a184e9d92f9021b73db295f4f03.jpg
Bahorning issiq vaqti va yozning boshlanishi arafasida Internetda tanani qanday detoksifikatsiya qilish yoki tozalash boʻyicha koʻplab maslahatlar va koʻrsatmalar paydo boʻladi.Detoksning mohiyati organlar va toʻqimalarni toksinlar va qishda ularda toʻplangan “shlaklar” dan “tozalash” deya koʻrsatiladi. Bu amaliyotga juda ehtiyotkor boʻlish kerak, deydi tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Aleksey Kovalkov.Uning soʻzlariga koʻra, detoks shubhali amaliyot, chunki och qolish va ozuqaviy qoʻshimchalarni qabul qilish orqali organizmning aynan nimadan “tozalanish”i aniq emas.Parhezshunosning aytishicha, organizmni tozalashga boʻlgan urinishlar xatarli boʻlishi mumkin.“Organizmni toksinlar va shlaklar deb ataladigan narsadan tozalashga urinish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Siz tanangizda qanday murakkab kasalliklar borligini va ular qanday davom etishini bilmaysiz. Bunday vaziyatda detoks yurakning toʻxtab qolishiga, jigar faoliyatining buzilishiga, va gormonal nomutanosiblik, xullas har qanday oqibatga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi shifokor.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/05/15944752_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8953259cd23559ad063f3091d131938e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokor, foydali mahsulotlar, parhez, doktor maslahati
Detoks dasturlar foydalimi - parhezshunos javobi
Detoks shubhali amaliyot, chunki och qolish va ozuqaviy qoʻshimchalarni qabul qilish orqali organizmning aynan nimadan “tozalanish”i aniq emas - shifokor.
Bahorning issiq vaqti va yozning boshlanishi arafasida Internetda tanani qanday detoksifikatsiya qilish yoki tozalash boʻyicha koʻplab maslahatlar va koʻrsatmalar paydo boʻladi.
Detoksning mohiyati organlar va toʻqimalarni toksinlar va qishda ularda toʻplangan “shlaklar” dan “tozalash” deya koʻrsatiladi. Bu amaliyotga juda ehtiyotkor boʻlish kerak, deydi tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Aleksey Kovalkov.
Uning soʻzlariga koʻra, detoks shubhali amaliyot, chunki och qolish va ozuqaviy qoʻshimchalarni qabul qilish orqali organizmning aynan nimadan “tozalanish”i aniq emas.
“Detoks haqida gap ketsa, u bilan “tanani tozalash” soʻzi yonma-yon keladi. Baʼzi odamlar menga “tanani tozalash” haqida gapirganda, men ularga aynan nimadan tozalashini soʻrayman. Yaʼni, men odamlardan shunchaki shartli shlaklar va toksinlarni emas, balki tanani aniq "tozalashimiz" kerak boʻlgan biokimyoviy formulani aytishni soʻrayman. Jigar oʻz-oʻzidan bardosh bera olmaydigan modda boʻlmasa kerak”, - deydi Aleksey Kovalkov Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
Parhezshunosning aytishicha, organizmni tozalashga boʻlgan urinishlar xatarli boʻlishi mumkin.
“Organizmni toksinlar va shlaklar deb ataladigan narsadan tozalashga urinish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Siz tanangizda qanday murakkab kasalliklar borligini va ular qanday davom etishini bilmaysiz. Bunday vaziyatda detoks yurakning toʻxtab qolishiga, jigar faoliyatining buzilishiga, va gormonal nomutanosiblik, xullas har qanday oqibatga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi shifokor.