https://oz.sputniknews-uz.com/20220420/hind-generali-rossiya-qurollarining-ustunlik-taraflarini-aytib-berdi-24101869.html
Hind generali Rossiya qurollarining ustunlik taraflarini aytib berdi
Hind generali Rossiya qurollarining ustunlik taraflarini aytib berdi
Hindistonlik general Sehgal: Rossiya qurollari narxi va ishonchliligi boʻyicha Gʻarb qurollaridan ustundir. 20.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-20T15:42+0500
2022-04-20T15:42+0500
2022-04-20T15:42+0500
dunyoda
rossiya
hindiston
qurol-yarogʻ
s-400
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1013/75/10137596_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_918d01bc2f950b201e722d289ab910a6.jpg
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Rossiya qurollari oʻzining soddaligi, narxi va ishonchliligi bilan Gʻarb qurollaridan ustundir, dedi harbiy ekspert, Hindiston armiyasining isteʼfodagi general-mayori P.K.Sexgal RIA Novosti nashriga.Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) maʼlumotlariga koʻra, Hindiston 2017 yildan 2021 yilga qadar oʻz mudofaa byudjetining deyarli yarmini Rossiyadan qurol sotib olishga sarflagan. Shu bilan birga, bu 2012 yildan 2016 yilgacha boʻlgan vaqtdan kamroq - oʻsha paytda bu davlat mudofaa byudjetining 69 foizini Rossiya qurollariga sarflangan.Hindistonning eng qimmat xaridi bu -S-400 zenit-raketa tizimlari boʻldi. Ularni yetkazib berish boʻyicha shartnoma 2018 yil oktyabr oyida imzolangan. Maʼlum boʻlishicha, Dehli beshta ana shunday ZRT polkini 5,43 milliard dollar evaziga xarid qilgan. Shu tariqa Hindiston Xitoy va Turkiyadan keyin S-400ning uchinchi xorijiy xaridoriga aylandi.Rossiya texnologiyasi bilan parallel ravishda Nyu-Dehli Frantsiya, AQSH va Isroil qurollariga qiziqish bildirmoqda. Yaqinda Frantsiya Hindistonga 32 ta Dassault Rafale reaktiv qiruvchi samolyotlari, 15 ta jangovar Mirage samolyoti va uchta Scorpene suv osti kemasini yetkazib berdi.Hindiston va AQSH oʻrtasidagi mudofaa savdosining qiymati 2000 yildagi 200 million dollardan 2019 yilga kelib 6,2 milliard dollarga koʻtarildi. Xaridlar orasida MQ-9A Reaper uchuvchisiz samolyotlari, P8-I Poseidon uzoq masofali dengiz patrul samolyotlari va Sikorsky MH-60R koʻp maqsadli vertolyotlari bor.Fevral oyi boshida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qurollarni import qilish muammosi shundaki, ular armiyaga yetib kelgunicha eskirib qolayotganini va ushbu muammoni hal etish yoʻllaridan biri – bu qurollarni mamlakatning oʻzida ishlab chiqarish boʻlishi mumkinligini aytgan edi.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1013/75/10137596_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_bd56fe427643f0dba7b7c3641da449fb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, hindiston, qurol-yarogʻ, s-400
Hind generali Rossiya qurollarining ustunlik taraflarini aytib berdi
Hindistonlik general Sehgal: Rossiya qurollari narxi va ishonchliligi boʻyicha Gʻarb qurollaridan ustundir.
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Rossiya qurollari oʻzining soddaligi, narxi va ishonchliligi bilan Gʻarb qurollaridan ustundir, dedi harbiy ekspert, Hindiston armiyasining isteʼfodagi general-mayori P.K.Sexgal RIA Novosti nashriga.
"Gap shundaki, bizning qoʻshinlarimiz Rossiya qurol tizimlariga oʻrganib qolgan. Ular Gʻarb taklif qilayotgan muqobilidan ancha arzon. Rossiya qurollari ishonchli va oxirgi eng kerakli damda buzilib qolmaydi. Gʻarb qurollari juda murakkab va koʻpincha bizga pand beradi. Hindiston soʻnggi oltmish yil davomida rus qurollaridan ishonchli foydalanib kelmoqda", dedi general.
Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) maʼlumotlariga koʻra, Hindiston 2017 yildan 2021 yilga qadar oʻz mudofaa byudjetining deyarli yarmini Rossiyadan qurol sotib olishga sarflagan. Shu bilan birga, bu 2012 yildan 2016 yilgacha boʻlgan vaqtdan kamroq - oʻsha paytda bu davlat mudofaa byudjetining 69 foizini Rossiya qurollariga sarflangan.
Hindistonning eng qimmat xaridi bu -S-400 zenit-raketa tizimlari boʻldi. Ularni yetkazib berish boʻyicha shartnoma 2018 yil oktyabr oyida imzolangan. Maʼlum boʻlishicha, Dehli beshta ana shunday ZRT polkini 5,43 milliard dollar evaziga xarid qilgan. Shu tariqa Hindiston Xitoy va Turkiyadan keyin S-400ning uchinchi xorijiy xaridoriga aylandi.
Rossiya texnologiyasi bilan parallel ravishda Nyu-Dehli Frantsiya, AQSH va Isroil qurollariga qiziqish bildirmoqda. Yaqinda Frantsiya Hindistonga 32 ta Dassault Rafale reaktiv qiruvchi samolyotlari, 15 ta jangovar Mirage samolyoti va uchta Scorpene suv osti kemasini yetkazib berdi.
Hindiston va AQSH oʻrtasidagi mudofaa savdosining qiymati 2000 yildagi 200 million dollardan 2019 yilga kelib 6,2 milliard dollarga koʻtarildi. Xaridlar orasida MQ-9A Reaper uchuvchisiz samolyotlari, P8-I Poseidon uzoq masofali dengiz patrul samolyotlari va Sikorsky MH-60R koʻp maqsadli vertolyotlari bor.
Fevral oyi boshida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qurollarni import qilish muammosi shundaki, ular armiyaga yetib kelgunicha eskirib qolayotganini va ushbu muammoni hal etish yoʻllaridan biri – bu qurollarni mamlakatning oʻzida ishlab chiqarish boʻlishi mumkinligini aytgan edi.