Hodisalar

Jizzaxdagi selda 4 kishi qurbon boʻldi - FVV

© PixabaySelevoy potok
Selevoy potok  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kuchli yogʻingarchilik oqibatida Jizzaxning Baxmal, Forish, Gʻallaorol va SH.Rashidov tumanlarida sel keldi.
TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Jizzaxdagi selda 4 kishi qurbon boʻlgan. Bu haqida FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish jarayonida, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Forish tumanida 4 nafar fuqaroni (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqimlari oqizib ketish natijasida xalok boʻlganligi aniqlandi, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugun Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, Gʻallaorol va SH.Rashidov tumanlarida kuzatilgan kuchli yogʻingarchiliklar oqibatida sel keldi.
Ushbu tabiiy ofat oqibatida, ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, Jizzax viloyatining "Gʻallaorol" meteorologik stantsiyasida 2 soat 5 minut oraligʻida 31.5 mm yogʻin yogʻgan. Bu juda koʻp miqdor va favqulodda vaziyatlar chiqaradigan daraja hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0