Kichik tadbirkorlar uchun 5 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 million dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 million dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.
Bunda kredit liniyasi tijorat banklariga 7-yil muddatga, shu jumladan, 3-yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;
Banklar kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5-yilgacha muddatga, shu jumladan, 2-yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 5 milliard so‘mgacha ajratadi.
Tadbirkorlarning faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha, 6 oydan 1-yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha, 1-yildan 2-yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha, 2-yildan 3-yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha va 3-yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi
Kredit liniyasi mablag‘larining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 500 mln dollar va 2 trln so‘m yo‘naltiriladi
Yangiliklar lentasi
0