O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga direktor tayinlandi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaErkin Baxtiyorov
Erkin Baxtiyorov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘FA tizimida turli lavozimlarda ishlagan Erkin Baxtiyorov O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga rahbarlik qiladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Erkin Baxtiyorov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga direktor etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar bermoqda.
Bundan avval Baxtiyorov O‘FA tizimida turli lavozimlarda, jumladan, Hakamlar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, mazkur markaz mamlakatda o‘tkaziladigan barcha turdagi futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini muvofiqlashtiririb boradi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida futbol, ayollar futboli, mini futbol, hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga hamda ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashadi.
Yangiliklar lentasi
0