Kolumnistlar

“Qoʻrqadigan joyimiz yoʻq”: yaralangan askarlar millatchilar bataloni haqida

© Sputnik / Mariya Marikyan"Nam nechego boyatsya": ranenыe opolchentsы — o natsbatalonax
Nam nechego boyatsya: ranenыe opolchentsы — o natsbatalonax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ularning dori-darmonlari va jihozlarini tortib oldik. Deyarli hammasi NATOniki. Quruq payoklar ham. Hatto kalashnikovlar uchun magazinlar ham - Amerikaniki,- donetsklik koʻngilli askar.
Donetsk Respublika travmatologiya markaziga jiddiy yaralangan fuqarolarni ham, harbiylarni ham- hammani olib kelishadi. Travmatik amplutatsiyalar va jiddiy jarohatlarda bemorning har bir daqiqasi frontdagi shifokorlarning qoʻlida. Urush maydonlarida yaralanganlarga qanday yordam koʻrsatiladi? DXR jangchilari hikoyalari haqida batafsil – reportajda.
“Yashashga qaror qildim”
“Hammasi ham gapirishni xohlamaydi. Tushuning, ular oʻzlari haqida emas, yaqinlari haqida koʻproq qaygʻurishadi, yana ham kim bilsin”, - deb pichirlab ogohlantiradi hamshira palataga kirish oldidan.
- Men shunday boʻlinmadanmanki, yigitlarga xiyonat qilishlari mumkin.
- Mariupolda boʻlganman, meni koʻrsatmang, xohlamayman- u yerda ota-onam bor.
- Meni esa yashiradigan hech nimam yoʻq.
© Sputnik / Mariya MarikyanSergey Butko
Sergey Butko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Sergey Butko
Maksim Fukeyev 2015 yildan buyon jang qilgan. Ikki yil oldin sevgan qizi bilan tanishdi. Xizmatdan boʻshashga qaror qildi. Qurilishda ishlagan, oz boʻlsada tinch hayotga koʻnika boshlagan. Biroq, fevralda qaytgan - va toʻgʻri Mariupolga kelgan.
“Yigirma oltinchi mart kuni boldirimdan yaralandim. Harbiy piyoda mashinasida boʻlganman. Nimadir uchib keldi- “chivin” yoki “ari” deb oʻyladim. Mina ekan. Moʻljalga oladigan askar ochiq lyukdan tushib omon qoldi. Oyogʻim jarohat oldi. Bor irodamni mushtimga yigʻdim va mashinadan chiqdim. Boʻlmasa, yoqib yuborishardi. Tezda yordam guruhi yetib keldi”, - deb xotirlaydi jangchi.
uning aytishicha, millatchilarga past baho berish kerak emas: kuchli qarshilik koʻrsatishadi, yaxshi qurol va transport bilan taʼminlangan, “ ularning hatto okoplarida internet boʻlgan”.
Uning soʻzlariga koʻra, millatchilar mahalliy aholi bilan juda yomon munosabatda boʻlishgan. “Tinch aholi odamlari suv olgani chiqishsa, snayperlar ularni otishardi”. Odamlar sovuqda, yertoʻlada, och oʻtirishardi. Biz ularga ovqatlarimiz bilan boʻlishardik”,- deydi harbiy.
© Sputnik / Mixail Andronik / Fotobankka oʻtishProdoljayetsya osvobojdeniye Mariupolya
Prodoljayetsya osvobojdeniye Mariupolya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Prodoljayetsya osvobojdeniye Mariupolya
Unga Ilizarov apparatini oʻrnatishgan, chov venalarini tikishgan. Yaqinda yana bir operatsiya boʻladi. Biroq Fukleyev optimizmni yoʻqotmagan: “Hammasi rejadagidek”.

“Oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz”

Dmitriy Troyan 2018 yili koʻngilli askarlar safiga qoʻshilgan - motorli miltiq brigadasiga tayinlangan. Birinchi jarohatini ikki yil oldin olgan: snayper uning boldirini koʻzlagan. Oʻq kuymuch nevrlari shikastlagan, oyoqda qon aylanishi yomonlashgan i sezuvchanlik kamaygan.
© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishZavod "Azovmash" v Mariupole
Zavod Azovmash v Mariupole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Zavod "Azovmash" v Mariupole
Bu yil bahorda undan ikki metr narida granata portlagan. Ikkita koʻzi shikastlangan. Oʻng koʻzini hozircha dori-darmonlar bilan davolashyapti, chap koʻzini esa operatsiya qilish kerak. Koʻrish qobiliyati tiklanishi yoki tiklanmasligiga kafolat yoʻq. Agar ahvol yomonlashsa, uni Moskvaga joʻnatishadi.
“Biz Milliy gvardiya, Ukraina Qurolli kuchlari va “Aydar” millatchilari bataloni bilan toʻqnash keldik. Bizning yoʻnalishimizda ularning 17- tank yarmiyasi harakatlangan. Hammasidan ham qiyini Volnovaxa va Marinkino yaqinida boʻlgan. Natijada asosiy kuchlar yetib kelgunga qadar chidab berishgan. Bir doʻstim halok boʻldi, ikkinchisi qattiq yaralandi. Bir paytning oʻzida ham oʻq otish, ham yaralanganga yordam berish kerak edi. Hechqisi yoʻq, chidadik”-, deya hikoya qiladi Dmitriy. – Halok boʻlganlarni bir haftadan keyin olib ketish mumkin edi. Ular oʻzlarining odamlarini tashlab ketishaveradiku. Mana qanaqa xizmatdoshlar”.
Volnovaxada DXR armiyasi jangchilarini odamlar koʻzlarida yosh bilan qarshi olgan: “Shuncha yillardan buyon qayerda edingiz?” “Zaxdan yertoʻlalarda bolalar kasal boʻlishdi. Odamlar ukrain harbiylaridan dori soʻrashgan- berishmagan. Aksincha- talon-taroj qilishgan, hamma narsani oʻgʻirlashgan, dorixonalarni ham”- deydi Troyan.
© Sputnik / Mariya MarikyanElla
Ella - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Ella
“Dimaga oʻxshagan yigitlar biz, oddiy odamlar bilan sakkiz oʻrinlik palatada birga turibdi...- gʻazablanib shikoyat qiladi qoʻshnisi. – Bu odamlar tilla, ularni qoʻlda koʻtarib yurish kerak. Bizni fashistlardan qutqaraman deb sogʻligʻini yoʻqotgan...”
Jangchi eʼtibor bermaydi: bu urda bundan ham yomon jarohat olganlarni ham oyoqqa turgʻizishadi.
Sergey Butkoni moʻjiza sabab qutqarib qolishgan. 29 martdan buyon jonlantirish boʻlimida. U ham Marinkino yaqinida jarohat olgan: snaryad parchalari ikki oyogʻini ham jarohatlagan. Oʻng qoʻlini uzib olgan.
“Hujum qilayotgan edik. Birinchi navbatda toʻrtta – “ikkiyuztalik”. Keyin men guruh bilan ketdim. Okopga sakrashga ulgurmagan edim- pulemyotchi oʻt ochdi, toʻgʻrimda turgan edi. Nima boʻldi- anglay olmay qoldim, qarasam- qoʻlim yoʻq”,- deydi askar. Uni oʻt ochish maydonidan olib chiqishgan, jgut bilan bogʻlab qoʻyishgan. Otishma tinmas, uni ikki soatdan keyin urush maydonidan olib ketishgan.
Sergeyning kelajakda rejalari hozircha yoʻq. Tinch zamonlarda qurilishda ishlagan. Yetim qolgan- otasi bolaligida vafot etgan, onasi esa Sergey oʻsmir yoshda boʻlganda ota-onalik huquqidan mahrum boʻlgan. “Hammada boʻlgani kabi, tanishlarim, oʻrtoqlarim bor. Ammo ulardan koʻp narsa kutmayman.Faqat oʻzimga ishonaman”- deydi askar.

Tibbiy rota

Jarohatlanganlarga birinchi yordamni frontdagi shifokorlar koʻrsatadi. Evakuatsiya punkti aloqa chizigʻidan olti kilometrdan yaqinroq boʻlmasligi kerak. Ammo donetsklik Ellaning jamoasi bor yoʻgʻi bir kilometr uzoqliqda joylashgan. Ular Verxnetoretskdan odamlarni olib ketishadi.
© Sputnik / Mariya MarikyanDenis za rulem
Denis za rulem  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Denis za rulem
Gorlovka yaqinidagi bu qishloqni mart oyida boʻshatishgan edi. Ammo u yerda vaziyat hamon xatarli: Ukraina Qurolli Kuchlari “Gradov”dan muntazam oʻt ochadi.
“Jarohatlar juda jiddiy: travmatik amputatsiyalar, politravmalar. Qon aylanishi hajmini barqarorlashtirishga, meʼyorlashtirishga, tamponlashga harakat qilamiz va shifoxonaga joʻnatamiz”,- deyli Ella
Ella Volnovaxo tumanining Rыbinskoye qishlogʻida ishlagan. U yerda ahvol xuddi Verxnetoretsskdagidekboʻlgan. Jarohatlangan va halok boʻlganlarni mina maydonlaridan olib chiqishgan.
“Toʻgʻri boshqaruv boʻlgani sabab, tibbiy xodimlar orasida yoʻqotishlar yoʻq. Boʻlinma joʻnatishdan oldin joyni oʻrganish va evakuatsiya rejasini aniqlash kerak. Yoʻnalishni men va xizmat rahbari tekshirib boramiz”, - deydi iqtisodiy boʻlim rahbari va haydovchsi Denis.
Qiyinchilik shundaki, janglar mudofaaviy emas, bilki hujum qiluvchi. “Odatda evakuatsiya qilish uchun koʻp nishonli mashinalarda ishlaymiz. Ammo kuchli otishma ostida yaradorlarga yaqinlashish hamon qiyin”,- deydi u.
Yaqinda ular Ukraina Qurolli Kuchlarining 25-havo desant brigadasidan tez yordam mashinasini olib qoʻyishdi.
“Uni Verxnetoretsk yaqinidagi jangda oldik. Tez ishladik, ularning dori-darmonlari va jihozlarini tortib oldik. Deyarli hammasi NATOniki. Quruq payoklar ham. Hatto kalashnikovlar uchun magazinlar ham - Amerikaniki,- Denis shu yerda Ukraina Qurolli Kuchlari tashlab ketgan oʻq-dorilarni koʻrsatdi- Yirikkalibrli oʻq-dorilar ham chet elniki”.
Denis 2014 yildan buyon tibbiy rotada ishlaydi. Shifokorlar vatandoshlarini ham- dushman tomon askarlarini ham qutqarishadi. “Bir payt ukrainaliklarni olib keldik. Narkotik taʼsirida edi. Biznikilar omborlarda saraton bilan kasallanganlarga beriladigan kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni topib olishibdi. Menda bittasi davolangan edi- bosh miya suyagining ochiq jarohati bor edi”, - deb xotirlaydi u.
Ella va Denis uchun eng muhimi- bemorlarining oyoqqa turayotganini koʻrish. “ Ularning oʻzi topib, minnatdorchilik bildirishadi. Tirik va sogʻlom. Mana shu eng keraklisi”, - deb jilmayadi shifokor. Va motorni yoqadi- xizmat vaqti boʻldi, yaradorlarni urush maydonidan chiqarib olish kerak.
© Sputnik / Mariya MarikyanTrofeynыy magazin amerikanskogo proizvodstva, kotorыy ukraintsы ostavili na svoix pozitsiyax
Trofeynыy magazin amerikanskogo proizvodstva, kotorыy ukraintsы ostavili na svoix pozitsiyax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Trofeynыy magazin amerikanskogo proizvodstva, kotorыy ukraintsы ostavili na svoix pozitsiyax
Yangiliklar lentasi
0