https://oz.sputniknews-uz.com/20220420/velotrek-bmx-sport-majmuasida-xalqaro-musobaqalar-otkazilishi-mumkin-24099331.html
“Velotrek” BMX sport majmuasida xalqaro musobaqalar oʻtkazilishi mumkin
“Velotrek” BMX sport majmuasida xalqaro musobaqalar oʻtkazilishi mumkin
“Velotrek” BMX sport majmuasi barcha xalqaro standartlar va meʼyorlarga javob bersa, unga xalqaro musobaqalarni oʻtkazish huquqini beruvchi rasmiy UCI sertifikati... 20.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-20T14:23+0500
2022-04-20T14:23+0500
2022-04-20T14:23+0500
sport
milliy olimpiya qoʻmitasi
sport
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/1a/18927609_0:0:3121:1756_1920x0_80_0_0_8998ffd490c426f10a1292128822cde8.jpg
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Jizzaxgi "Velotrek" BMX sport majmuasi trassasi va uning atrofida qurilgan kompleks bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekistonga Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Reja boʻyicha dastlab rayderlar trassa boʻylab harakat qilib koʻrishadi va oʻz fikrlarini bildirishadi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari umumiy xulosani taqdim qiladilar.Maʼlumot uchun, umumiy qiymati 500 ming AQSH dollari boʻlgan ushbu majmua oʻtgan yilda foydalanishga topshirilgan. U Sochidagi "Velotrek" majmuasi loyihasi asosida qurilgan. Arena 3400 oʻringa moʻljallangan. Shuningdek, majmuada konferens va sport zallari, VIP maydon, 2 ta tennis korti, 2 ta mini-futbol uchun maydonchalar va 100 oʻrinli mehmonxona mavjud.Dunyo boʻyicha bunday obʼyektlar soni 32 taga teng. UCI sertifikati olinsa, ushbu trassa bu yoʻnalishdagi 33 inshootga aylanadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/1a/18927609_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_e311eca501d76ef8230a13468bb3a5b0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
milliy olimpiya qoʻmitasi, sport
“Velotrek” BMX sport majmuasida xalqaro musobaqalar oʻtkazilishi mumkin
“Velotrek” BMX sport majmuasi barcha xalqaro standartlar va meʼyorlarga javob bersa, unga xalqaro musobaqalarni oʻtkazish huquqini beruvchi rasmiy UCI sertifikati beriladi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Jizzaxgi "Velotrek" BMX sport majmuasi trassasi va uning atrofida qurilgan kompleks bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekistonga Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) vakillaridan iborat delegatsiya
tashrif buyurdi.
Reja boʻyicha dastlab rayderlar trassa boʻylab harakat qilib koʻrishadi va oʻz fikrlarini bildirishadi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari umumiy xulosani taqdim qiladilar.
“Yakuniy qarorda sport inshooti barcha xalqaro standartlar va meʼyorlarga javob beradigan deb topilsa, ushbu arenada turli xalqaro musobaqalarni oʻtkazish huquqini beruvchi rasmiy UCI sertifikatiga ega boʻlamiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, umumiy qiymati 500 ming AQSH dollari boʻlgan ushbu majmua oʻtgan yilda foydalanishga topshirilgan. U Sochidagi "Velotrek" majmuasi loyihasi asosida
qurilgan. Arena 3400 oʻringa moʻljallangan. Shuningdek, majmuada konferens va sport zallari, VIP maydon, 2 ta tennis korti, 2 ta mini-futbol uchun maydonchalar va 100 oʻrinli mehmonxona mavjud.
Dunyo boʻyicha bunday obʼyektlar soni 32 taga teng. UCI sertifikati olinsa, ushbu trassa bu yoʻnalishdagi 33 inshootga aylanadi.