https://sputniknews-uz.com/20220421/attestatsiyaga-ozi-kirmay-boshqani-kiritgan-pedogoglar-test-sinovlaridan-chetlashtirildi-24124775.html
Attestatsiyaga oʻzi kirmay boshqani kiritgan pedogoglar test sinovlaridan chetlashtirildi
Attestatsiyaga oʻzi kirmay boshqani kiritgan pedogoglar test sinovlaridan chetlashtirildi
Pedagoglar attestatsiyasi malaka sinovlarida oʻrniga kirish bilan bogʻliq 200 dan ortiq holat bartaraf etildi. 21.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-21T15:55+0500
2022-04-21T15:55+0500
2022-04-21T15:55+0500
jamiyat
oʻqituvchilar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/0a/22661407_0:268:3079:1999_1920x0_80_0_0_df7cdf1a02e9033ea3f5737f12e45a0d.jpg
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Test sinovlarida birovning oʻrniga kirgan yoki yonida turib yordam bergan pedagoglarning natijalari bekor qilindi. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi xabar bermoqda. 25 martdan boshlab respublikaning 14 ta hududida pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda.Xabarda aytilishicha, bu yilgi jarayonlar soddalashtirilgan tartibda boʻlib oʻtmoqda. Unga koʻra, har bir pedagogga hujjatlarni bevosita elektron tarzda topshirish imkoniyati yaratilgan. Buning natijasida avvalgi yillarga qaraganda koʻproq 280 ming nafar oʻqituvchi attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan.Mazkur pedagoglarning 70 foizi oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgan.Test sinovlariga har bir talabgor milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshirib kiritilmoqda. Lekin, ayrim oʻqituvchilar oʻz oʻrniga boshqa shaxslarni kiritishi bilan bogʻliq qoidabuzarlik holatlari ham kuzatildi.Har bir hududda oʻtkazilayotgan attestatsiya jarayonlari kuzatuv kameralari yordamida qatʼiy nazoratga olingan. Sinovlarni oʻtkazish vaqtida har bir kompyuterga maxsus dasturlar oʻrnatilib, markaziy serverda birma-bir roʻyxatga olinadi.Taʼlim inspektsiyasi matbuot kotibi Shavkat Xoʻjaqulovning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, 3600 nafar rus tili fani oʻqituvchisi shu yilning birinchi yarmida oʻtkazilgan test sinovlariga jalb qilinmasdan eng yuqori ball olgan. Chunki ular kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega. Sertifikat olmagan oʻqituvchining 9391 nafari esa test sinovlariga jalb qilingan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/0a/22661407_160:0:2891:2048_1920x0_80_0_0_e07842e8b02ca8f9a7799c1f53684466.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻqituvchilar
Attestatsiyaga oʻzi kirmay boshqani kiritgan pedogoglar test sinovlaridan chetlashtirildi
Pedagoglar attestatsiyasi malaka sinovlarida oʻrniga kirish bilan bogʻliq 200 dan ortiq holat bartaraf etildi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Test sinovlarida birovning oʻrniga kirgan yoki yonida turib yordam bergan pedagoglarning natijalari bekor qilindi. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi
xabar bermoqda. 25 martdan boshlab respublikaning 14 ta hududida pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda.
Xabarda aytilishicha, bu yilgi jarayonlar soddalashtirilgan tartibda boʻlib oʻtmoqda. Unga koʻra, har bir pedagogga hujjatlarni bevosita elektron tarzda topshirish imkoniyati yaratilgan. Buning natijasida avvalgi yillarga qaraganda koʻproq 280 ming nafar oʻqituvchi attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan.
Mazkur pedagoglarning 70 foizi oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgan.
Test sinovlariga har bir talabgor milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshirib kiritilmoqda. Lekin, ayrim oʻqituvchilar oʻz oʻrniga boshqa shaxslarni kiritishi bilan bogʻliq qoidabuzarlik holatlari ham kuzatildi.
“Achinarlisi, bu jarayonlarga aksariyat hollarda oliy taʼlim muassasalari talabalari, yuqori sinf oʻquvchilari yoki repetitorlik bilan shugʻullanuvchi soha vakillari ham jalb qilinyapti. Bugungi kunga qadar oʻrniga kirish bilan bogʻliq 200 dan ortiq holat aniqlandi. Ushbu holatlar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, ularning barchasi sinovlardan chetlashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Har bir hududda oʻtkazilayotgan attestatsiya jarayonlari kuzatuv kameralari yordamida qatʼiy nazoratga olingan. Sinovlarni oʻtkazish vaqtida har bir kompyuterga maxsus dasturlar oʻrnatilib, markaziy serverda birma-bir roʻyxatga olinadi.
Taʼlim inspektsiyasi matbuot kotibi Shavkat Xoʻjaqulovning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, 3600 nafar rus tili fani oʻqituvchisi shu yilning birinchi yarmida oʻtkazilgan test sinovlariga jalb qilinmasdan eng yuqori ball olgan. Chunki ular kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega. Sertifikat olmagan oʻqituvchining 9391 nafari esa test sinovlariga jalb qilingan.