https://oz.sputniknews-uz.com/20220421/boeing-va-airbusni-rossiya-titanisiz-qanday-kelajak-kutmoqda-24132316.html
Boeing va Airbusni Rossiya titanisiz qanday kelajak kutmoqda
Boeing va Airbusni Rossiya titanisiz qanday kelajak kutmoqda
Boeing Rossiya taʼminotisiz ishlab chiqarishni davom ettirishi mumkinligini maʼlum qildi, biroq Airbus okean ortidagi raqibining oʻylamay qilgan siyosiy harakatini... 21.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-21T20:31+0500
2022-04-21T20:31+0500
2022-04-21T20:31+0500
kolumnistlar
rossiya
ukraina
sanktsiyalar
yevropa ittifoqi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0a/07/15130095_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_98bde7308cb2b514a5e2e116d8493694.jpg
Yevropa Rossiyani samolyotsiz qoldirmoqchi, biroq qiyin vaziyatga tushishdan xavotirda. Navbatdagi sanktsiyalar aviakosmik sohasining asosiy xomashyosi boʻlgan titanga embargo qoʻllashi mumkin. Bu holatda ishlab chiqarishni kamaytirish va nima boʻlsa, shunda uchishga toʻgʻri keladi. Boeing kompaniyasi Rossiya taʼminotisiz ishlab chiqarishi mumkinligini maʼlum qildi. Biroq Airbus okean ortidagi raqibining oʻylamay qilgan siyosiy harakatini takrorlamoqchi emas.Qayerdan izlash kerak?Rossiyaning “VSMPO-Avisma” kompaniyasi Boeingning titanga boʻlgan ehtiyojining uchdan bir qismi, Airbusning 60%gacha boʻlgan qismini taʼminlaydi va Braziliyaning Embraer talabini deyarli toʻliq qondiradi. Mart oyi boshida Boeing Rossiyadan xaridlarni toʻxtatdi. Tushuntirilishicha, butun dunyo boʻylab yetkazib beruvchilar pul yaratilganligi sabab “katta zahiralar” shakllangan.Biroq, Airbusning Yevropadagi savdo-sotiq boʻyicha direktori Vouter Van Vershning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2023-yilning oʻrtalariga qadar ishlab chiqarishni oshirish niyatida - A320 tor korpusli turi samoletlaridan oyiga kamida 65 ta ishlab chiqarish. Va embargo oqibatlarini hisoblab, yevropaliklar Boeing ga ergashishdan bosh tortdilar.Airbus “VSMPO-Avisma” kompaniyasi bilan 1990-yildan buyon hamkorlik qiladi. Birinchi davrlarda faqat xomashyo sotib olishgan. Keyin qoʻshimcha qiymatga ega metallurgiya yarim tayyor mahsulotlar qoʻshildi. Bu shtamplash va ishlov berishdan keyin toʻliq huquqli mahsulotlardir.Titan - juda mustahkam va yengil metall. Samolyotning eng muhim qismlari, masalan, qoʻnish moslamalari va shpallar faqat undan tayyorlanadi. Samolyot dvigatellarining lopatalari, disklari va boshqa qismlari issiqqa chidamli titan qotishmalaridan tayyorlanadi.Muqobili yoʻqAmerikaning Boeing kompaniyasi boshqa yetkazib beruvchilariga - AQSH, Yaponiya, Xitoy va Qozogʻistonga tayanadi. Yaponiyaning Toho Titanium va Osaka Titanium kompaniyalari - Rossiya “VSMPO-Avisma”dan keyin eng yirik ishlab chiqaruvchilar - allaqachon past startda. Toho Rossiya xomashyosining tanqisligi va bekor boʻlishi fonida ishlab chiqarishni koʻpaytirayotganini xabar qildi. Buyurtmalari 20% ga oshdi.Biroq yevropaliklar uchun muqobil imkoniyatlar juda cheklangan.“Masalan, Qozogʻiston va Yaponiyada faqat titan shimgichni va slitoklarni taklif qilishmoqda, lekin prokat emas (titan asosidagi qotishmalardan tayyorlangan yarim tayyor mahsulot. – Tahr.), amerikaliklar va xitoyliklar ham Yevropa samolyotsozlik sanoatining ehtiyojlari talablarini toʻliq qondirishga qodir emas, chunki ular Boeing, Bombardier va boshqalar bilan shartnomalarni bajarishlari kerak”, - deydi sanoat boʻyicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.Quruq muzokaralarKuzatuvchilarning aytishicha, balandparvoz bayonot berayotgan oʻsha Boeing ham oxir-oqibat Rossiya titaniga qaytadi. Moskva hech qanday stsenariy boʻyicha ziyon koʻrib qolmaydi.Uning fikricha, Amerika korporatsiyasining qarori aslida umumiy iqtisodiy vaziyat bilan bogʻliq. Samolyotlarga buyurtmalar ancha oldin beriladi va jahon iqtisodiyotida turgʻunlik va muammolar sharoitida Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tufayli alohida talab kutilmaydi. Shuning uchun, hozircha, Boeing haqiqatdan ham zaxiradagilari bilan eplab turadi. Biroq Adamidovning ishonch bildirib aytishicha, vaziyat oʻzgarishi bilan Boeing Rossiya bilan hamkorlikni jimgina tiklab olishiga ishonchi komil.“Titanga embargo Yevropa aviasanoatini barbod qilishi mumkin. Ehtimol, bu faqat gapdan nariga oʻtmaydi, aks holda Bryussel rasmiylari norozilik namoyishlariga chiqadigan, gʻazablangan aviakompaniya xodimlariga duch kelishlari kerak”, - deya taʼkidlaydi Xazanov.Boshqa tomondan, Rossiya titan sanoati doimo oʻzini boshqa mintaqalar va tarmoqlarga - kemasozlik, atom energetikasi va kimyo sanoatiga yoʻnaltira oladi.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Natalya Dembinskaya
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0a/07/15130095_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1339462d703bca4c7febf6cde1a19026.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
rossiya, ukraina, sanktsiyalar, yevropa ittifoqi
Boeing va Airbusni Rossiya titanisiz qanday kelajak kutmoqda
Boeing Rossiya taʼminotisiz ishlab chiqarishni davom ettirishi mumkinligini maʼlum qildi, biroq Airbus okean ortidagi raqibining oʻylamay qilgan siyosiy harakatini takrorlamoqchi emas.
Yevropa Rossiyani samolyotsiz qoldirmoqchi, biroq qiyin vaziyatga tushishdan xavotirda. Navbatdagi sanktsiyalar aviakosmik sohasining asosiy xomashyosi boʻlgan titanga embargo qoʻllashi mumkin. Bu holatda ishlab chiqarishni kamaytirish va nima boʻlsa, shunda uchishga toʻgʻri keladi. Boeing kompaniyasi Rossiya taʼminotisiz ishlab chiqarishi mumkinligini maʼlum qildi. Biroq Airbus okean ortidagi raqibining oʻylamay qilgan siyosiy harakatini takrorlamoqchi emas.
Qayerdan izlash kerak?
Rossiyaning “VSMPO-Avisma” kompaniyasi Boeingning titanga boʻlgan ehtiyojining uchdan bir qismi, Airbusning 60%gacha boʻlgan qismini taʼminlaydi va Braziliyaning Embraer talabini deyarli toʻliq qondiradi. Mart oyi boshida Boeing Rossiyadan xaridlarni toʻxtatdi. Tushuntirilishicha, butun dunyo boʻylab yetkazib beruvchilar pul yaratilganligi sabab “katta zahiralar” shakllangan.
Biroq, Airbusning Yevropadagi savdo-sotiq boʻyicha direktori Vouter Van Vershning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2023-yilning oʻrtalariga qadar ishlab chiqarishni oshirish niyatida - A320 tor korpusli turi samoletlaridan oyiga kamida 65 ta ishlab chiqarish. Va embargo oqibatlarini hisoblab, yevropaliklar Boeing ga ergashishdan bosh tortdilar.
Airbus Bosh direktori Giyoma Forining soʻzlariga koʻra, agar embargo kuchga kirsa, ularning zaxiralari koʻpga yetmaydi. Shu sababli yevropalik samolet ishlab chiqaruvchi siyosatchilarni sanktsiyalardan tiyilishga chaqirdi.
Airbus “VSMPO-Avisma” kompaniyasi bilan 1990-yildan buyon hamkorlik qiladi. Birinchi davrlarda faqat xomashyo sotib olishgan. Keyin qoʻshimcha qiymatga ega metallurgiya yarim tayyor mahsulotlar qoʻshildi. Bu shtamplash va ishlov berishdan keyin toʻliq huquqli mahsulotlardir.
Titan - juda mustahkam va yengil metall. Samolyotning eng muhim qismlari, masalan, qoʻnish moslamalari va shpallar faqat undan tayyorlanadi. Samolyot dvigatellarining lopatalari, disklari va boshqa qismlari issiqqa chidamli titan qotishmalaridan tayyorlanadi.
Muqobili yoʻq
Amerikaning Boeing kompaniyasi boshqa yetkazib beruvchilariga - AQSH, Yaponiya, Xitoy va Qozogʻistonga tayanadi. Yaponiyaning Toho Titanium va Osaka Titanium kompaniyalari - Rossiya “VSMPO-Avisma”dan keyin eng yirik ishlab chiqaruvchilar - allaqachon past startda. Toho Rossiya xomashyosining tanqisligi va bekor boʻlishi fonida ishlab chiqarishni koʻpaytirayotganini xabar qildi. Buyurtmalari 20% ga oshdi.
Biroq yevropaliklar uchun muqobil imkoniyatlar juda cheklangan.
“Masalan, Qozogʻiston va Yaponiyada faqat titan shimgichni va slitoklarni taklif qilishmoqda, lekin prokat emas (titan asosidagi qotishmalardan tayyorlangan yarim tayyor mahsulot. – Tahr.), amerikaliklar va xitoyliklar ham Yevropa samolyotsozlik sanoatining ehtiyojlari talablarini toʻliq qondirishga qodir emas, chunki ular Boeing, Bombardier va boshqalar bilan shartnomalarni bajarishlari kerak”, - deydi sanoat boʻyicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.
Rossiya titaniga embargo samolyot ishlab chiqaruvchilarga ham, ularning asosiy yetkazib beruvchilariga ham, xususan SpaceX bilan hamkorlik qiluvchi Ispaniyaning Aernnova Aerospace va Airbus hamkori Safran dvigatel ishlab chiqaruvchilariga taʼsir qiladi. Yevropa Ittifoqi aviaquruvchilar shunchaki buyurtmalarni bekor qiladi, korxonalar yuklamalari tushib ketadi, xodimlarni qisqartirishga toʻgʻri keladi.
Quruq muzokaralar
Kuzatuvchilarning aytishicha, balandparvoz bayonot berayotgan oʻsha Boeing ham oxir-oqibat Rossiya titaniga qaytadi. Moskva hech qanday stsenariy boʻyicha ziyon koʻrib qolmaydi.
“Metal omborda tinchgina turadi, u neft yoki gaz emas.Bundan tashqari, harbiy-sanoat kompleksi unga katta talabga ega. Fuqaro aviatsiyasida esa ishlab chiqarish qisqaradi”,- deydi mustaqil aviaekspert Dmitriy Adamidov.
Uning fikricha, Amerika korporatsiyasining qarori aslida umumiy iqtisodiy vaziyat bilan bogʻliq. Samolyotlarga buyurtmalar ancha oldin beriladi va jahon iqtisodiyotida turgʻunlik va muammolar sharoitida Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tufayli alohida talab kutilmaydi. Shuning uchun, hozircha, Boeing haqiqatdan ham zaxiradagilari bilan eplab turadi. Biroq Adamidovning ishonch bildirib aytishicha, vaziyat oʻzgarishi bilan Boeing Rossiya bilan hamkorlikni jimgina tiklab olishiga ishonchi komil.
“Titanga embargo Yevropa aviasanoatini barbod qilishi mumkin. Ehtimol, bu faqat gapdan nariga oʻtmaydi, aks holda Bryussel rasmiylari norozilik namoyishlariga chiqadigan, gʻazablangan aviakompaniya xodimlariga duch kelishlari kerak”, - deya taʼkidlaydi Xazanov.
Boshqa tomondan, Rossiya titan sanoati doimo oʻzini boshqa mintaqalar va tarmoqlarga - kemasozlik, atom energetikasi va kimyo sanoatiga yoʻnaltira oladi.