Madaniyat

MDH filmlarini oltin toʻplami hamdoʻstlik tillariga dublyaj qilinadi

Otkrыtiye Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina Shelkovogo puti"
Otkrыtiye Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Jemchujina Shelkovogo puti  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida ko-produktsiya formatidagi kinoloyihalarning eng yirik portfeliga ega mamlakat sifatida eʼtirof etildi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. MDH filmlarini dublyaj qilishda yagona markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etilishi mumkin. Bu haqida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning yirik kinostudiyalari rahbarlarining ishchi uchrashuvida maʼlum boʻldi.
Yigʻilishda, MDH yirik kinostudiya rahbarlari filmlarning oltin toʻplamini shakllantirish va yagona axborot bazasini yaratish taklifini ilgari surdi.
Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilari kelgusida xalqaro festivallar va kino kunlarida ishtirok etayotgan filmlarni tarjima qilish va dublyaj ishlari boʻyicha yagona markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etishni taklif qilishdi.
Aytilishicha, ishtirokchi mamlakatlarning barcha takliflari kinoloyihalarning yagona portfeli koʻrinishida shakllantiriladi.
Maʼlumot uchun, hamkorlikda suratga olingan qator hujjatli filmlar, jumladan, Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan filmlar Rossiyaning "Kultura", "Mir" va "RTR" telekanallarida namoyish etilgan. Bir nechta yangi badiiy filmlar may-iyun oylarida tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilishi kutilmoqda.
Oʻzbekistonda sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan 14-Toshkent xalqaro kinofestivali va anʼanaga aylangan Jahon kinosi kunlari doirasida MDH mamlakatlarining kinobozorini ham tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
"Belarusfilm" kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy aytishiga koʻra, Oʻzbekiston kino sanoati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ko-produktsiya formatida filmlar suratga olishda boshqa davlatlar uchun oʻrnak boʻlmoqda.
Bugungi kunda MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston ana shunday ko-produktsiya formatida suratga olingan eng yirik filmlar portfeli ega. Xususan Rossiya bilan bir necha filmar suratga olinmoqda, Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ham qator filmlar suratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0