Iqtisod

Oʻzbekistonlik olimlar ilk bor osyotr baliqlaridan qora ikra olishdi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Fotobankka oʻtishVыraщivaniye osetrov v laboratorii
Vыraщivaniye osetrov v laboratorii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Rossiyadan olib kelingan osyotr baliqlaridan sanoat sharoitida nasl olish texnologiyasini yaratishdi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiyadan uvuldiriq paytida olib kelingan osyotr baliqlaridan ikra olindi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar bermoqda.
Oʻzbekistonga baliqning 4 ta yangi turi – osyotr, afrika laqqasi, lasos va tilyapiya keltirildi. Ular bugungi kunda mamlakat iqlimiga moslashtirilgan va juda yaxshi natijalar bermoqda.
Hozirda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida yopiq suv taʼminotiga ega 7 ta havza bor. U yerda institut olimlari osyotr baliqlaridan sanoat sharoitida nasl olish texnologiyasini yaratishdi.
“Institutda osyotr xonasi bor. Bu yerda asosan osyotr ona baliqlari boqiladi. Bu yil birinchi marotaba ulardan ikra olindi va lichinka chiqarildi. Osyotr baligʻi 7 yoshida jinsiy voyaga yetadi, vazni 8 kg. Shu yoshidan boshlab ikrasi olinadi”, deydi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboranti Ahmad Gʻulomov.
Osyotrlar xonasida 25–28 °C darajada koʻpaytirish va uvildiriq sochish uchun 400 ga yaqin ona baliqlar boqilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonning baliqchilik tarmogʻida soʻnggi besh yilda umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik 1016 ta loyiha amalga oshirilgan. Bu ushbu yilda baliq yetishtirish hajmini 6 barobarga oshirish va 400 ming tonnaga yetkazish imkonini berdi. Yaqin yillarda baliq yetishtirishni 600 ming tonnaga yetkazish kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 434-son qarori bilan, baliqchilik xoʻjaliklariga-intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0