Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Parhezshunos oshqozonni qutqaruvchi mahsulotlarni maʼlum qildi

Brokkoli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilash uchun brokkoli va qovoq isteʼmol qilish lozim.
Shifokor-parhezshunos Marina Makisha “Moskva 24” telekanaliga bergan intervyusida oshqozon-ichak traktini himoya qiluvchi mahsulotlarni tavsiya qildi.
Mutaxassis och qoringa gazli ichimliklarni ichmaslikni maslahat berdi, chunki u oshqozonda tuz kislotalarini ishlab chiqaradi. Bundan gastrit va yalligʻlanishga oid boshqa kasalliklar kelib chiqadi.
Karam oshqozonga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Karam va uning sharbati yaralar davolanishi va shilliq pardalar tiklash jarayonini tezlashtiradi. Bu ayniqsa, gastrit va oshqozon yarasi uchun foydali.
Shifokor salatlarga karam bilan bir yoki ikki qoshiq oʻsimlik yogʻini qoʻshishni ham tavsiya qildi.
Oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilash uchun brokkoli va qovoq isteʼmol qilish lozim. Bu sabzavotlarda tana hujayralarini tiklashga yordam beruvchi antiaksidantlar bor.
Fastfud va tez hazm boʻluvchi uglevodlar jigarga jiddiy zarar yetkazadi, yogʻli gipotoz xavfini oshiradi. Tomat pastasi va kam yogʻli tvorog jigar hujayralarining yangilanishiga hissa qoʻshishi mumkin.
Ichaklar tiklanishini esa tarkibida kletchatka koʻpligi sabab meva va sabzavotlar yaxshilashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0