Jamiyat

Poytaxtdagi Xalqlar doʻstligi maydoni atrofidagi koʻchalar vaqtincha yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloщad Drujbы narodov
Ploщad Drujbы narodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda duatlon boʻyicha chempionat boʻlib oʻtishi sababli qator koʻchalar maʼlum vaqtga yopiladi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. 23-24 aprel kunlari Toshkentning Xalqlar doʻstligi maydoni atrofidagi koʻchalarda “Duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati-2022” boʻlib oʻtishi munosabati bilan qator qadar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Shu kunlari soat 06:00 dan 14:30 ga yopiladigan koʻchalar:
Furqat koʻchasining Islom Karimov shoh koʻchasi va Seul koʻchasi oraligʻidagi qismi;
Islom Karimov shoh koʻchasining Furqat va Bunyodkor shoh koʻchasi oraligʻidagi qismi;
Bunyodkor shoh koʻchasining Islom Karimov shoh koʻchasi va Seul koʻchalari oraligʻidagi qismi;
Seul koʻchasining Bunyodkor shoh koʻchasi va Furqat koʻchalari oraligʻidagi qismi.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaPerekrыtiye ulits v Tashkente
Perekrыtiye ulits v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Perekrыtiye ulits v Tashkente
Hokimiyat ushbu noqulayliklar uchun uzr soʻrab, haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishni soʻragan.
Maʼlumot uchun, duatlon sport turi yugurish, velopoyga va qisqa masofaga yugurish bahslarini oʻz ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0