https://oz.sputniknews-uz.com/20220421/tugma-nuqsoni-bolgan-uch-yoshli-qizaloq-operatsiya-qilindi-24126564.html
Ilk bor yosh bolaning umurtqa pogʻonasida murakkab operatsiya amalga oshirildi
Ilk bor yosh bolaning umurtqa pogʻonasida murakkab operatsiya amalga oshirildi
Umurtqa pogʻonasining yon tomonga qiyshayishi bilan namoyon boʻladigan skolioz kasalligi oʻz vaqtida muolaja qilinmasa, koʻplab ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin. 21.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-21T15:49+0500
2022-04-21T15:49+0500
2022-04-21T15:58+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/15/24126875_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_586bfa2a0e1dc1f628001539f6d8336e.jpg
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkentda ilk bor tugʻma nuqsoni boʻlgan uch yoshli qizaloqning umurtqa pogʻonasida noyob jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Taʼkidlanishicha, hozir uning ahvoli qoniqarli. Ogʻriq qoldiruvchi va umumiy quvvatlovchi muolajalar olmoqda. Bemor tezda oyoqqa turib, sogʻlom hayotga qaytadi.Markaz direktori Murod Irismetovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston yosh bolada bunday murakkab operatsiya oʻtkazish amaliyoti Rossiya ilmiy tibbiyot muassasasi bilan hamkorlik natijasida yaqinda yoʻlga qoʻyilgan. Avvalari bunday operatsiya faqat bemor yoshi katta boʻlganida oʻtkazilgan va salbiy oqibatlar va ikkilamchi oʻzgarishlarga olib kelgan. Maʼlumot uchun, Rossiya va Oʻzbekiston orasida tibbiyot sohasida keng koʻlamli va chuqur hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Kadrlar tayyorlash masalasi ushbu hamkorlikning asosini tashkil qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xususan, Oʻzbekistondagi 9ta tibbiy oliygoh Rossiya OTMlari bilan birgalikda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura darajasida oʻnlab mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻygan. 2020 yilda Rossiya ilmiy muassasalarida 300 ga yaqin oʻzbekistonlik tibbiyot mutaxassislar malakasini oshirishgan edi.Undan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan universitetlararo hamkorlik markazi ochildi. N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/15/24126875_115:0:1246:848_1920x0_80_0_0_14ed266b28b1c20e565ecddb97cf50be.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tibbiyot muassasi
Ilk bor yosh bolaning umurtqa pogʻonasida murakkab operatsiya amalga oshirildi
15:49 21.04.2022 (yangilandi: 15:58 21.04.2022) Umurtqa pogʻonasining yon tomonga qiyshayishi bilan namoyon boʻladigan skolioz kasalligi oʻz vaqtida muolaja qilinmasa, koʻplab ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkentda ilk bor tugʻma nuqsoni boʻlgan uch yoshli qizaloqning umurtqa pogʻonasida noyob jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Muolaja 3 soat davom etdi. Unda umurtqa pogʻonasi skoliotik deformatsiyani korrektsiyalash va endokorrektor-fiksatsiyalash amaliyoti oʻtkazildi. Jonlantirish boʻlimidagi bir kunlik intensiv muolajalardan soʻng qizaloq reabilitatsiya boʻlimiga oʻtkazildi”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, hozir uning ahvoli qoniqarli. Ogʻriq qoldiruvchi va umumiy quvvatlovchi muolajalar olmoqda. Bemor tezda oyoqqa turib, sogʻlom hayotga qaytadi.
Markaz direktori Murod Irismetovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston yosh bolada bunday murakkab operatsiya oʻtkazish amaliyoti Rossiya ilmiy tibbiyot muassasasi bilan hamkorlik natijasida yaqinda yoʻlga qoʻyilgan. Avvalari bunday operatsiya faqat bemor yoshi katta boʻlganida oʻtkazilgan va salbiy oqibatlar va ikkilamchi oʻzgarishlarga olib kelgan.
"Umuman, endi markazimiz shifokorlari Moskva shahridagi N.N.Priorov nomidagi travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlik natijasida shunday amaliyotlarni mustaqil ravishda bajarishni oʻzlashtirdi", - deydi Irismetov.
Maʼlumot uchun, Rossiya va Oʻzbekiston orasida tibbiyot sohasida keng koʻlamli va chuqur hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Kadrlar tayyorlash masalasi ushbu hamkorlikning asosini tashkil qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Xususan, Oʻzbekistondagi 9ta tibbiy oliygoh Rossiya OTMlari bilan birgalikda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura darajasida oʻnlab mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻygan. 2020 yilda Rossiya ilmiy muassasalarida 300 ga yaqin oʻzbekistonlik tibbiyot mutaxassislar malakasini oshirishgan edi.
Undan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan universitetlararo hamkorlik markazi ochildi. N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.